Лукоморье

Лукоморье

Перевод 🇺🇿🇺🇸🇷🇺 Таржима саньати


Перевод на узбекский язык "У Лукоморья дуб зелёный.. "


Отрывок из поэмы А.С.Пушкина «Руслан и Людмила».

Mirtemir tarjimasi


Dengiz bo`yi, yam-yashil chinor,
Oltin zanjir chinor tagida.
Dono mushuk tun-kun beqaror.
Aylanadi tevaragida.

O`ngga yursa – qo`shiq kuylaydi,
So`lga yursa – ertak so`ylaydi.
Mo`jiza mo`l u olis yoqda:
Tong qolg`ulik balandu pasti,
Suv parisi o`ltirar shoxda,
Saydib yurar sayoq alvasti,

Odam yurmas so`qmoqlarida
G`alati jonvorlar bosgan iz,
Bur kulba bor darcha-eshiksiz,
Turar tovuq oyoqlarida.

Sirlar to`la vodiy, o`rmonzor;
Tongda dengiz asov, shiddatkor,
Toshar qumlik, taqir qirg`oqqa
Tiniq suvdan chiqar bu yoqqa
Raso o`ttiz ko`rkam pahlavon.
Ular bilan bir dengizbobo;

Qirolzoda o`tar, nogahon –
Tutqun tushar unga qattol shoh;
Va jodugar degan bedavo
Dengiz, o`rmon ustida uchar
Yurt oldida, bulutlar aro
Bahodirni ko`tarib o`tar;

O`tiradi beka zindonda,
Xizmatida sur bo`ri tayyor,
Ham yalmog`iz kampir o`rmonda –
O`g`urida sudralar ayyor.

Va shoh Kashchey ozg`in-bedarmon,
Zar ustida topshirmoqda jon.
U yerda rus ruhi… Rusiya hidi bor!
Dengiz bo`yi, o`sha, ko`k chinor –
Soyasida o`ltirib bir bor,

Bol sharobi ichganman andak.
Dono mushuk so`ylovdi ertak,
Undan biri yodimda butun,
Men jahonga yoyaman bukun …


Видео перевод "У Лукоморья..." на Узбекский язык

наш телеграм канал

t.me/tarjima_perevod

Report Page