Lor

Lor

Shaxboz

Burun to‘sig‘i qiyshiqligi

Burun to‘sig‘i qiyshiqligi – burun orqali nafas olishni qiyinlashtiruvchi burun to‘sig‘ining suyak yoki tog‘ay qismlarini tabiiy (o‘sish xususiyati bilan bog‘liq) yoki orttirilgan (jarohat bilan bog‘liq) qiyshiqligi. Burun to‘sig‘i qiyshiqligi otorinolaringologiyada ko‘p uchraydigan kasallik hisoblanadi. Uning kelib chiqishiga sabab travmalardan keyin (54%), fiziologik (32%) ya’ni burunning suyak- tog‘ay sistemasi yuz suyaklariga nisbatan tezroq o‘sishi tufayli o‘zining «romiga» sig‘may qolishi tufayli, kompensator (8%) ya’ni polip va o‘smalar hisobiga bir tomonga surilishi hisobiga kelib chiqadi. Qiyshiqlik shakliga qarab, joylashgan joyiga, uzunligiga va burundan nafas olishini buzilishiga qarab har xil bo‘lishi mumkin.

Burun to‘sig‘ini qiyshayishlari turli xil bo‘lishi mumkin: burun to‘sig‘ini yo‘g‘onlashishi, har xil qiyshayishlar, tikonsimon va taroqsimon deformatsiyalar, «C» va «S»-simon qiyshayishlar va ularning kombi- natsiyalari bo‘lishi mumkin. R. Mladina burun to‘sig‘i qiyshiqligini 7 tipga bo‘ladi. Burun to‘sig‘i qiyshiqligining tiplari

Burun to‘sig‘i qiyshiqligi
qiyshiqlik travmalardan keyingi holatga xos.
qiyshiqlik travmalardan keyingi holatga xos.
qiyshiqlik irsiyatga bog‘liq.
qiyshiqlik ham travmadan keyingi holatda va nasliy bo‘lishi mumkin.
burun to‘sig‘ining asos qismida taroqsimon shakldagi qiyshiqlik bilan xarakterlanadi. Bunday tipda qiyshiqlik irsiy bo‘ladi.
bunda burun bo‘shlig‘ining o‘ng va chap qismlari bir-biriga nisbatan assimetrik tuzilishga ega bo‘ladi. Bunday tipda qiyshiqlik irsiy bo‘ladi.
yuqorida sanab o‘tilgan barcha qiyshiqliklarni kombinasiyalaridan iborat bo‘ladi.
Mladinani aytishicha, yuqoridagi klassifikasiya barcha mamlakatlar aholisining millati va irqidan qat’iy nazar ularda yuzaga kelishi mumkin. Qiyshiqlik burunning hamma sohalarida uchrashi mumkin, lekin burun to‘sig‘ining orqa qismlarida kamroq uchraydi. Shu o‘rinda ta’kidalab o‘tish lozimki, burun qiyshiqligi dunyo aholisining 80 85% ida uchraydi, lekin ularning salkam yarmini bu holat hech bezovta qilmaydi. Gohida burun qiyshiqligi singanga o‘xshab, ya’ni burun to‘sig‘ini pastki qismiga nisbatan yuqori qismi burchak ostida egilgan bo‘ladi. Bolalarda burun to‘sig‘i qiyshiqligi kam uchraydi. Burun to‘sig‘i 5 7 yoshdan boshlab 20 yoshgacha o‘sishi mumkin. Shu yoshning har xil davrlarida qiyshiqlik rivojlanishi mumkin. Burun to‘sig‘I qiyshiqligining kelib chiqishiga sabab burun to‘sig‘i tog‘ayini notekis o‘sishidan va uning suyak «romi»ga to‘g‘ri kelmasligi bilan tushuntiriladi. Bu paytda suyak sekin o‘sadi, tog‘ay esa suyakka nusbatan tez o‘sadi. Burun to‘sig‘ining qiyshayishini yana bir sabablaridan biri bu tug‘ruq va tug‘ruqdan keyingi davrdagi travmalar hisoblanadi. Bunda asosan tog‘ayning sinishi bilan namoyon bo‘ladi. Burun to‘sig‘i qiyshiqligi nafas olish faoliyatini qiyinlashuviga va nafas olishni pasayishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu o‘z navbatida burun chig‘anoqlarida qonni dimlanishiga, u esa to‘qimani shishiga sabab bo‘ladi. Burundagi bu kabi jiddiy o‘zgarishlar oqibatida burunda va burun yondosh bo‘shliqlarida turli kasalliklar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Masalan, burun chig‘anoqlari gipertrofiyasi, burun poliplari, sinusitlar. Kasallikning klinik kechuvi 2 xil yo‘nalishda namoyon bo‘lishi mumkin.

Adaptatsion yo‘l – bemorda nafas olish og‘iz va burun orqali amalga oshiradi;
Dezadaptatsion yo‘l – bemorda burundan nafas olish umuman kuzatilmaydi.
Burun to‘sig‘ini qiyshiqligi bemorlarda
anginaga,
surunkali tonzillitga,
sinusit,
faringit,
laringit,
o‘rta quloqdagi turli xil asoratlarga,
nevrozlar,
bronxial astma,
miokardit,
bronxit,
pnevmoniya,
yuz-jag‘ sohasdagi deformatsiyalarga,
aqliy rivojlanishini orqada qolishga,
konstitusional o‘zgarishlarga,
bosh og‘riqlariga va boshqa holatlarga sabab bo‘lishi mumkin.
Burun to‘sig‘ining qiyshayishi bemorlarda quyidagi shikoyatlar bilan oydinlashadi
Burun orqali nafas olish qiyinlashishi;
Burun bitishi;
Burundan shilliq va shilliq-yiringli ajralma

Report Page