Лола

Лола

@Insest_Hikoya18

Lola qo'lidagi suratga qarab jilmaydida ko'ksiga bosdi. Ko'zidan shashqator yosh oqardi. Ko'zlarini asta yumdi, hayolan o'tgan kunlarni, voqealarni esladi. ''Qayerda xato qildim?!'' qayta qayta shu savolni o'ziga berardi...


Lola oylada erka qiz, onasi olamdan o'tgandan keyin. O'gay ona qo'lida o'sdi. O'gay ona bo'lgan ayol o'gaylik qilmadi. Ammo dadasi o'ta qattiq qo'l. Yana oylada akasi Murot bor. Eng ishongan tog'i akasi, akasiga erkalik qiladi, sirlashadi. Akasi Murotham Lolani onamdan qolgan yotgorim deb ardoqlaydi. Oylada kamchilik yo'q, hammasi muhoyyo. Dadasi kotta korxona egasi, akasi korxonani boshqaradi. Yana bir yaqin insoni bor, Elbek dadasini qo'lida ishlaydi. Omborga qaraydi. Lola tez-tez korxonaga akasini oldiga borib turadi. Boxona pul olish, ammo aslida sabab boshqa, pulni uydaham olsa bo'ladi. Lolani istagi Elbekni oldida bo'lish oz bo'lsada gaplashish...


Dam olish kuni edi, soat 10:00 da korxonaga bordi. Atrofga tez-tez qarab, ishchi yigitlar ichidan Elbekni qidirar edi, ko'rinmadi. Balant poshna tuflisini taqqilatib biton yo'lakdan yurib ketayotgan edi. Birdan chetroqda yuk tashidigan aravani balonini bo'shatayotgan yigitni qarshisiga to'txatdi. Doyim hamma ishchilar, ho'jayinni singlisi deb salomlashar edi. Bu barvasta yigit salomlashmadi, hatto qaramadiham. 

- Hoy, manga qara? -dedi buyrug' ohangida. 

- Ha! -bola hayron bo'lib o'grildi. 

- Akam qani? -dedi qo'rs ohangda.

- Qanaqa akang? -dedi yigitham munosib javob bilan. 

- Sensirama...

- O'zing-ku! Birinchi bo'lib sensiragan! 

- Yangimisan deyman?

- Yangiman! 

- Yangi bo'lsen mani tanib ol man...

- Sani taniyman Lolasan! 

- Ha, Lolaman yana boshlig'ingni singlisiman! 

- Bilaman kimni singlisi ekanini? 

- Qo'rqmaysanmi? Manga hurmatsizlik qilyabsan, akamga aytsam ishsiz qolasan? -dedi ustidan kulganday tirjayib. 

- Birinchidan, sani o'zing hurmatsizli qilyabsan, har holda qizbolasan. Ikkinchidan mani hechkimdan tili qisiq joyim yo'q, shu jumladan akangdanham. Olsa ishimi oladi jonimi emas! -dedi ikki qadam tashlab Lolaga yaqinlashar ekan. 

- Uzur! Kechirasiz tanishga o'xshaysiz? -dedi yigitga razim solib termulib. 

- Uyizni orqasidagi mahallada turaman! 

- Adashmasam ismiz Nuriddin? 

- Ha, adashmadiz!

- Judayam o'zgarib ketibsiz?

- Ha, ikki hafta avval hizmatdan qaytdim! 

- Yaxshi kelib oldizmi? 

- Raxmat yaxshi!

- Nuriddim, uzur qo'polligim uchun, buyerga kelganimda hamma salomlashadi. Siz etibor bermaganiz uchun g'ashizga teyay degandim! 

- Lekin o'zizga, chiroyli husnizga yarashmagan hazil qilarkansiz! -dedi Nuriddin. Lolaga chiroyli husniz degani yoqib jilmaydi. 

- Adashmasam mandan ikki yoshga kichiksiz, sansiraganimni yomon yeri yo'q! -dedi Lola. 

- To'g'ri! 

- Unda aybim yo'g'a, Nuriddin? 

- Ha! 

- Nuriddin, bo'laqoll ishiningni qillll... -nararoqdan ovoz keldi. Elbek buyruq qildi. 

Nuriddin o'ziga yarasha qaysarlik bilan, bir necha sonya joyida turdi va Elbekka bir o'qirayib qarab asta ortiqa burildi. 

- Keyin gaplashamiz Nuriddin? -dedi Lola past ovozda. Nuriddin bir jilmayib bosh qimirlatib qo'ydida ishini qila boshladi. 

Bu orada Elbek Lolaga yaqin keldi. 

- Qalaysan Lolaa!

- Yaxshi, o'zizchi? 

- Bo'ladi! Akangni oldiga keldingmi? 

- Himm, akam shettalarmi? 

- Yo'q, ish bilan ketgandi! 

- Unda sizi oldizga kelibman jon! -deb pichirladi. 

- Yur buyoqqa xonaga gaplashamiz! -deb xonasi tarafga boshladi. Lola ortiga o'grilib Nuriddinga bir bir qarab qo'ydi...


Elbek bir chashka qahva quyib uzatar ekan: 

- Anovi bilan nimani gaplashding? -dedi. 

- Judayam yoqimtoy ekan! -deb kuldi Lola.

- Hoy qiz mani rashkim yomon! -dedida Lolani labidan o'pib oldi. 

- Hoy akam ko'rsa sizniham maniham o'ldiradilar! 

- Akang bo'lajak kiyovini o'ldirmasa kerak. Nima deding jonim? 

- Hoo, shunaqa deng!

- Shunaqa! -dedida yana bir-ikki o'pdi. 

- Bo'ldi, birorkim kirib qolmasin, yaxshisi uyga ketaqolay? 

- Jonim kel bugun, biror joyda o'tiraylik? 

- Qayerda! 

- Aaaa... Kel mani uyimda! -dedi Elbek. 

- Bilmadim, qolib ketmaymizmi? 

- Bilki qolarmiz, agar istasang? -dedi Elbek. 

- Bo'pti! -dedi...


Lola og'ay onasini aldadi. Dugonamnikida qolaman dedi! 

Kechga yaqin Elbeknikiga keldi. O'tirishdi, kichikkina bazim, qilishdi. Ozroqdan sharob tamidan ko'rdilar. Asta Lolani ehtiroslar qamray boshladi. 

- Elbek aka negadur boshim aylanib ketyabdi, uyimga olib borib qo'ying! -dedi. 

- Jonim bugun qolaman deganding, tunni birga o'tkazardik! 

- Yo'q ketaman! -dedi. 

- Jonim, san mani sevmas ekansan. Agar sevganingda qolgan bo'lardin! -Elbek ayyorona gaplari bilan Lolani dil qulfini ochishga urundi. 

Bir lahzaga ehtirosga berilgan Lola hansirb ketti. 

Ko'zlarida o't chaqnaganday Elbekka yaqinlashdi. 

- Qolamann bugun siz bilan! -bu so'zlar uni yurag yuragidan jaranglab chiqdi. Elbek qattiq quchoqlab Lolani labidan, bo'ynidan o'pdi. Lola hiyol sarhush bo'lib o'zini topshirdi. Elbek yengil harakat bilan Lolani qo'liga ko'tardi va yotoqqa olib kirdi. Bo'salar, erkalashlar kiyimlar asta yechilar edi. Lola, Elbekni suyib erkalashlaridan sarmast ko'zlarini yumib, lablarida tabassum bilan yotardi. Elbek Lolani ko'kraklarini birin birin ohista g'ijimlar ekan. Galma-gal uchlaridan so'rib qo'yardi. Nihoyat og'riq, minnaddorchilik. Lola ozroq og'riqni his qilgan bo'lsada, bundan o'zgacha bir zavq oldi. Hammasi tugagach Elbek qattiq quchumib qulog'iga shivirladi. ''RAHMAT FARISHTAGINAM'' ...

Ularni visol lazzatiga guvoh bo'lgan choyshobni yuzida qizil dog'i qoldi. Shundan keyin bunday kechalarni sanog'i ortib bordi...


Bu orada Lolani ota do'stini bilan quda-anda bo'lishga ahd qilishdi... 


Ertatalabgi nunushta edi. Dadasi dasturhonga duvo qilar ekan. Qiziga baxt tilab qayta-qayta duvo bildi so'ng xotingiga qarab: 

- Harakatingni qil xotin, Lolani uzatamiz! -dedi. Lola dadasiga bir qarab oldi, yurigi tipirchilab ketdi suyinganidan. 

- Kimga dadasi? -degan sovolni o'rtaga tashladi o'gay onasi. Bu savolgan sergak tortgan Lola yana dadasiga havotirda qaradi. 

- Yaqin do'stim Asrorxonni o'g'li Avazxonga! -dedi. Lola dadasi bir so'zli ekanini biladi. Yo'q deyishga tili bormadi. Umid bilan akasiga qaradi, akasi bu qarashni manosini tushundi.

- Dada... Lolani o'z ihtiyoriga qo'yib beraylik? -dedi. 

- San bola manga aqil bo'lma. Nima o'z qizimga yomonlik qilarmidim. Baxtini o'ylayabman. Mana sanga qo'yib bergandim ko'rdim oqibati! -dadasi kelini haligcha tug'may yurganiga shama qilgandi. Bu gapdan keyin kelin dasturxonni yig'ishtirish boxonasida turib ketdi. Murotham gapirganiga pushoymon bo'lib indamay qo'yaqoldi. Dadasi va oyisi bo'lajak to'yni muhokama qilar ekan. Lolani hayolida bitta o'y, endi nima bo'ladi. Agar to'y bo'lsa ertasi kuniyoq sharmandam chiqadi. Elbek akam bilan gaplashishim kerak degan to'xtamga keldi va o'rnidan turdi...


Yangilikni Elbekka aytganda. U esankirab qoldi. Chunki uni rejalarida uylanish kamida 2 yildan keyin edi. Buni ustiga bu momoni hal etish uchun Lolani dadasini qarshisiga chiqish kerak. Elbekni bunga yuragi dov bermadi. Lolaga ''ho'p'' degan bo'lasa paysalga sola boshladi. Uchrashuvlar suxbatlardan o'zini olib qochardi. Lola yurag-yuragidan sezib havotirda edi. Tahminam sovchilar kelishiga ikki kun qolganda. Lola yana korxonaga bordi. Yana Nuriddinga ko'zi tushdiyu bir umid uchqunlari porladi. Yoniga borib huddi sevib qolganday, gap so'z qildi. 

- Nuriddin sizda zarurgapim bor! 

- Mayli ayting? 

- Manga uylanasizmi? -dedi. Nuriddin avvaliga xato eshitmadimmi deb hayron bo'ldi, so'ng hazilga olib kuldi. 

- Ha! -dedi. 

- Rostdan aytyabman manga yoqasiz! -dedi jiddiy turib. 

- Nima ustimdan kulyabsizmi... Boring keting mani ishdan qo'ymang?! -dedi baribir ishonmay. 

- Bo'lmasa sizni tashqarida kutaman! -dedida chiqib ketdi. 

Nuriddin haron edi, bu mani ahmoq qilib ustumdan kulmoqchi...


Ish tugab tashqariga chiqganda, kutib turgan Lolani ko'rgach rostanham mani yoqtiradimikin deb o'yladi. 

- Kutib turibsizmi Lola...?

- Ha, aytim-ku!

- Gapiz chinmidi Lola?

- Ha, yuring bir panada gaplashaylik! -dedida Nuriddinni omborni ortiga boshladi. 

- Nima demoqchisiz Lola?

- Nuriddin, hech yemagan somsaga pul to'laganmisiz? -dedi. Nuriddin bu gapni mamosini darov angladi. 

- Nahot siz! 

- Haaa, ahmoqlik qilib qo'ydim! -dedi ko'zidagi yoshlarini artib. 

- Mani sodda, ahmoq deb o'yladizmi? -dedida kuldi va ketishga shaylandi. Lola na qilarini bilmay Nuriddinni mahkam ushlab oyoqlari ostiga tiz cho'kdi. 

- Qutqaring mani bu sharmandalikdan... Qutqarsayz itiz bo'lib hizmatizi qilaman! -deb yig'ladi. Nuriddinni rahmi keldi. Uni yelkasidan ushlab turg'azdi. 

- Ho'p dedimham deylik, siz mandan kotta bo'lsez, buni ustiga man to'y qilishga qurbim yetmaydi. Buni uchun 2, 3 yil ishlashim kerak! 

- Buncha kutolmayman tushuning! 

- Lola... Lola! Ho'p mayli buvim qachon borsinlar? 

- Ertadan qolmasin! -dedida yelkasidan tog' ag'darilganday yengil tortdi... Nuriddin Lolani kuzatib qo'ygach. Uyiga qaytar ekan o'ziga bir savolni berardi: ''Hato qilmadimmikin, ha Lola har qanday yigitni aqlini og'irlaydi. Biroq u bu fidoyiligimga loyiqmikin. Aytganday bularni buvimga qanday tushuntiraman...


Hammasi Lola istaganday bo'ldi. Dadasi biroz tutaqib ketganini hisobga olmasak. Qizi o'ylamay qilgan ishidan achiqlanib o'z xoliga tashlab qo'ydi...


To'yham 10 kun ichida o'tkazildi, tor doyirada, kelinni 5, 10 dugonasi kiyovni o'rtog'lari yana 10, 15 tanish bilish to'yham o'yinchoqday o'tti..! 


Nuriddin ko'ngli g'ash bo'lsada, buvisi uchun nabira kelin olib kelganidan xursand. 

Avvaliga Lola suymaganiga majburlikdan turmushga chiqgani uchun o'zidan-o'zi hafa bo'lib yurdi. Keyinchalik Nuriddinni shirin momilasi, etiboridan, o'zini baxtli his qila boshlagan edi. Ammo qolgani u istganday bo'lmadi. Dadasi, akasidan yordam kutgandi. Aksincha dadasi Nuriddinni kiyovday qabul qilmadi. Har gapida yerga urib, haqorat qilardi. Boshida eriga bo'layotgan nohaqliklardan ko'ngli o'ksib yurdi. Borgan sari, qiyinchilik yetishmovchilik bo'laverardi, qo'lidan tayinli ishham kelmaydi. Nuriddinni indamasligi, yoshi katta buvisini yuvoshligini bilib har-xil talablar qo'yar, ha degan noliyverardi. Turmush u o'ylagan emas ekan. Ikki oy bo'lmasdan zerikdi...


Shu kunlarda yana Elbek bilan telifonlashdi. Elbek ''ayib o'zimda man kutaman sani'' degan gapiga ishonib. Yana uchrasha boshladi. Eri ishda bo'ladi, buvisiga "uyga borib kelaman'' deydida Elbekni oldiga keladi. Qancha ko'p hiyonat qilgan sayin Nuriddindan ko'ngli sovib Elbekka ilhaq bo'laverardi... 


Uyda ish qilmaydi, o'shan ''itiz bo'lib xizmatizi qilaman'' degan vadasini allaqachon unugan edi. Buvisi, Nuriddinga vaqtida qaramaydi. Ammo Nuriddin sabir bilan ishlab Lolani istaklarini bajarishga urunardi. Nihoyat 3 oy o'tgach homilador bo'lganini bildi. Bola kimdan Nuriddin? Yo Elbekdan o'ziham bilmaydi...


Bu yangilikni Elbekka aytdi. 

- Elbek aka bo'yimda bo'ldi? 

- Asalim bolani oldir, hozir tug'sang keyin oyog'ingga tushov bo'ladi! -dedi. Ko'p o'yladi nihoyat Elbekni maslahatiga ko'ndi. Ammo unda buni qilishga imkon yo'q edi. Bir nechabor akasidan pul olishga bordi dadasi borligi uchun so'ray olmadi. Ohirgi marta borgan edi, abet paytiga boribdi. Ovqat kelganda birdan ko'ngli aynib, turib chiqib ketdi. Akasi Murot hayron. O'gay onasi kulib turardi. 

- Murotjon tog'a bo'lasiz... -dedi. Murot hursand bo'lib Lolani ortidan chiqdi. 

- Voy meni, erka singlim ona bo'ladimi? -quvonchini yashirmay akalarcha mehir bilan, avaylab Lolani bag'riga bosdi. 

- Ha shunday bo'lib qoldi! -dedi homush kayfiyatda. 

- Nega hafa bo'lasan hursand bo'l! 

- Bilmadim, qo'rqyabman hali tayor emasdim, oldirmoqchiman? 

- Bu nima deganang ahmoq qiz esingni yig'! Qanday hayollarda yuribsan, qorningdagi ham odam, bu nemat! -akasi bir hursundi. 

- Kennanging bilan 2 yildan buyon kutamiz, bo'lmayabdi! -dedi Murot. 

- Nega unda ajrashmaysiz? -dediu akasini jahil bilan uqrayib qaraganidan cho'chib ketdi. 

- Ikkinchi eshitmay bu gapingni! Hayot o'yinchoq emas! San yaxshisi esingni yig'ib bu o'y fikirlardan o'zingni forix qil. Dadam bilmasim man pul beraman. Ko'ngling tusagan narsani olib yegin! -dedi.


Lola ketayotganida anchagina pul berdi. Singlisiga yaxshik qilaman deb Lolani istagini bajarib qo'yganini bilmas edi. 

Lolada endi pul bor vaqt topsa bo'ldi...


Oradan ikki haftacha vaqt o'tgandi. Nuruddin ishga bordiyu, negadur uyga qaytib keldi. Kelgandaham bir tortishuv ustiga keldi. Lola Nuruddinni bovisini jirkib gapirayotgan ekan. O'zi uchun ham ota ham ona bo'lgan buvisini haqor qilganiga chidamay Lalaga bir shapaloq urdi. Lola huddi shuni kutganday uyiga ketvordi. Janjal arzimagan narsadan chiqgan ekan. Buvisi Lolaga: 

- Hovlini suprib qo'ying! -degan ekan holos. 

Nuriddin Lolaga telifonham qilmadi, uyigaham bormadi. Borganidaham topa olmasdi, Lola allaqachon Elbeknikida edi. Ikki kun Elbek bilan bo'lgach, o'sha jirkanch niyantini amalga oshirdilar. Abertdan keyin ahvoli yomonlashgandan so'ng! Dadasinikiga qaytib keldi. Rangi oqargan bir ahvolda. O'gay onas:

- Nima bo'ldi qizim? -degan savoliga o'ylabham o'tirmay. 

- Kuyoviz urgandi, homilam tushib qoldi! -deb aytdi. Ko'p o'tmay bu shumhabardan dadasi xabar topdi. Ertasi kuni ishdan qaytayotgan Nuriddinni 4 ta begona odam o'lasi qilib urib ketibdi...


Nuriddin bir haftadan buyon ranimatsiyada yotib endi palataga chiqgandi. Birinchi bo'lib Lolani so'radi. Buvisidan Lolani olib kelishni iltimos qildi. Shu iltimosni bajarish uchun Buvisi Lolalarni uyiga kirar ekan hovlida yurgan o'gay onasi bilan ko'rishib Lolani so'radi...


Bu paytda Lola o'z xonasida devonda yotvolib qaysidur dugonasi bilan gaplashar edi. 

- O'sha Nuriddinni gapirma, manga nima o'lib ketsin, o'sha blnisadan o'ligi kelsaham mayli! Mani... -dediyu ortida kimdur turganini sezib o'rnidan turib ketdi. Buvisi ko'zida yosh bilan qarab turardi. 

- Buvijon... 

- Meni nabiraginamga o'lim tilayabsanmi, nobakor...? 

- Yo'q u boshqa! 

- Nabiraginam san, uchun qancha kuyib pishdi. Eshitdim nimalar deb tuhmat qilganingni. Bu qari kampirni aqli hech nimaga yetmaydi deb o'ylaysanmi! Olloh bor... Hudoga soldim... -dedida buvisi ortiqa qaytdi. 

Lolaga bu gaplar yuragiga o'q teyganday o'tirib qoldi...


* * *


Shu bilan Nuriddin Lolani olib ketmadi aralishdi. Ko'p o'tmay Lola Elbek bilan mashinada halokatga uchurab to'shakka mihlanib qoldi. Mana usha voqealargaham 2 yildan oshibdi. Hozir o'sha voqealar hotirlar ekan. Qo'lidagi suratni tushurib yubordi olish uchun egilgan edi gursullab yeqilib tushdi. Ovozni eshitgan kennayisi tezda yoniga keldi. 

Homilador bo'lishiga qaramay Lalani aravachasiga o'tirg'izdi. Kennayisini bo'rtib turgan qorniga qarab yuragi uvishdi. Oldirib tashlagan homilasini eslab lablari pirpirab ko'zlariga yosh qalqidi. Kennayisi pastda yotgan suratni olib Lalaga uzatdi. 

- Bo'lar, shom tushdi uyga olib kiraymi Lolaxon! 

- Yana biroz o'tiray kennayi! Hozir boshlansa kerak! -dedida ko'z yoshlarini tiyolmay suratga qaradi. O'sha to'ylari kuni Nuriddin bilan tushgan suratlari. Surat yuzini barmog'i uchi bilan siypalar ekan...


''BAXTLI BO'LING'' dedi ovozini chiqarib. 

- Lolaxon o'zizi kop qiynaman, hali hayotiz oldinda! -deb kennayisi Lolani yelkalaridan siladi. Shu payt Nuridding hovlida bo'layotgan nigoh to'yining yor-yor sadosi eshitila boshladi. 

- Kennayijon o'z hayotimi o'zim barbod qildim, boshimga qo'ngan baxtimi haydadim, balki jazoga loyiqdirman! -dedida yor-yorga quloq soldi. Lolani gaplaridan Kennayisini ko'zlarigaham yosh keldi. Ijozatsiz aravachani yetalab Lolani xonasiga olib kirib ketdi...

Report Page