Eng qimmat logolar

Eng qimmat logolar

Najot Ta'lim

Dunyoning eng qimmat logotiplarini sanab o'tishimizdan oldin, logotip o'zi nima ekanligi haqida tohtalib o'tsak.

Endi esa dunyodagi eng qimmat logolarni ko'rib chiqamiz.

1.Symantecning umumiy qiymatda: 1 280 000 000$

Symantec Endpoint Protection bu zararli dasturlarga qarshi dastur, kirishni oldini olish va xavsizlik devori hisoblanadi. O'z faoliyatini 2007-yilda boshlagan bo'lib, hozrga qadar 14ta versiyada ishlab chiqilgan. 2010- yilga kelib o'z logosini o'zgartirgan va 1 280 000 000 $ sarflagan. Logotip uchun bunday katta xarajat oqlanganmi yoki yo'qmi deya olmaymiz, ammo ba'zilar buni rebrendning muvaffaqiyatsizligi deb hisoblashadi.

2. British Petroleumning umumiy qiymati: $211 000 000

2000-yilda British Petroleum, bugungi kundagi BP nomi bilan tanilgan bo'lib, o'zining 70 yildan beri ishlatib kelayotkan logotipini ''Helios" logotipi bilan almashtirdi. Avvalgi logotipidan saqlangan yagona element bu yashil va sariq ranglar sxemasi edi. Helios logotipi BP kompaniyasining yashil o'sish aks ettirilishi va ramzi bo'lishi kerak edi. Ammo, bu yana bir rebrending muvaffaqiyatsizligi deb baholandi, chunki odamlar neftni burg'ilashda yashil narsa yo'qligini keng sharhlashdi.


3. Accenturening umumiy qiymati: $100 000 000

Accenture- bu transmilliy texnologik xizmatlar, menejment bo'yicha konsalting hizmatlarini ko'rsatuvchi kompaniya. 2000-yilda Andersen Consalting kompaniyasi Andersen buxgalteriya guruhi bilan shartnomani bekor qildi va konsalting kompaniyasi o'z nomini o'zgartirishga majbur bo'ldi. Ular o'zlarining nomlarini "kelajakka urg'u" xabarini yetkazish uchun mo'ljalladilar. Biroq, yangi brend nomi ma'nosizligi uchun, bu ham rebrending muvaffaqiyatsizliklaridan biri deb hisoblandi. shunga qaramay, brend logosi 100 000 000$ ga tushdi.

4. Posten Norge logotipi $55 000 000

Posten Norge AS ("Post of Norway")- pochta xizmatlarini ko'rsatadigan Norvegiya pochta operatori. Kompaniya Norvegiya transport va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga qarashli bo'lib, mamlakatda pochta aloqalarini tashish va yetkazib berish bo'yicha monopolist hisoblanadi. 2008-yilda kompaniya 55 000 000$ sarflab, yangi logo va marketing strategiyasini o'z ichiga olgan rebrending qildi. Va bu foydalanuvchi mijozlarga ham ijobiy satir ko'rsatdi. Hozrgi kunga kelib 1500 tadan ortiq pochta tarmog'lariga ega.


5. ANZ rebrendinggi umumiy qiymati: $15 000 000.

Avstraliya va Yangi Zellandiya Banking Group Ltd kompaniyasining rebrendigi 2yil davom etdi. 2010-2012 yilgacha 15 mln $ga tushdi. Bu rebrending o'z ichiga logo va marketing strategiyasini ham mujassamlashtirgandi. Rebrending xarajatlarni oqladi, shu orqali Yangi Zellandiya eng yirik bank bo'lib Avstraliyada 3- o'rinni egallashida katta tasir ko'rsatdi.

6. BBCning rebrendingning umumiy qiymati: $1 800 000

Britaniya teleradio eshittirish korporatsiyasi ( BBC) 1997 yilda o'z logotipini qayta ishlab chiqardi va butun kompaniyani hayratga soladigan $1 800 000 ga tushdi. Global tarmoq sifatida brending xabardorligi BBC uchun juda muhimdir. Aniq monoxromatik logotip butun dunyoda tan olindi. Va rebrending ijobiy tasir ko'rsatdi. BBC ning logotipi eng uzoq umr ko'rgan logotip hisoblanadi.


7. Pepsining yangi logotipi $ 1 000 000.

Har qanday abadiy brendlar abadiy, chunki ular odamlar biladigan va ishonadigan logotiplarini saqlaydilar. Pepsi- bu ajoyib istisno. Pepsi logotipi tarixi doimiy tasavurga ega. 122 yillik tarixida doimiy logotip 12 martta qayta ishlangan. 2008- yilda qayta ishlab chiqqan logotipi $1 000 000ni tashkil etkan. Va hozrga qadar shu logotipdan foydalanadi. Ularning logotipi necha martta o'zgarmasin, Pepsi odamlar kutayotgan lazzat va brend tajribasini taqdim etishni davom etmoqda.

8. 2012- yilgi London Olimpiadasining logotipi: $625 000

Ushbu logotip 2007-yilda Londonda joylashgan Wolff Olins brend konsalting firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. Kompaniya ushbu dizayni uchun tanqid ostida qolgan. Buyuk Britaniyada 48000 tadan ortiq fuqarolar logotipni olib tashlash to'g'risida ariza imzolashgan. Shunga qaramay eng qimmat logotip dizaynlari orasida 8- o'rinni egallab turadi.

9.Melburn shahrining logotipi : $625 000.

Melburn shahrining logotipi Landor Associates tomonidan 2009- yilda ishlab chiqilgan bo'lib, ushbu logotip Melburnning yangi korporativ identifikatsiya strategiyasini qo'llab quvvatlashi kerak edi.

Lord-mer Roberd Doyl:

Eski logotipimiz "biroz o'ylab topilgan edi" va Melburnga uning global sahnadagi ajoyib nafosatini aks ettirish uchun yangi dizayn kerak edi. " Dunyo o'zgardi, Melburn shahri o'zgardi, bu tashkilot ham o'zgardi, endi biz nafaqat milliy, balki xalqaro miqyosda ham qatnashamiz" dedi. Va shu logotipni tasdiqladi.

Bu logotip ham yuqoridagisi kabi $ 625 000 bo'lsada, yuqoridagisini yaxshiroq bilib buni 9-o'ringa qoydik.


Bootcamp moushn grafika kurslariga ro'yxatdan o'tish


🧑🏻‍💻 Administratorga yozish


📞 Tel: +998712001123


🔴 YouTube sahifa

Report Page