Linus Torvalds kim?

Linus Torvalds kim?

Najot ta'lim

Garchi Linusning iste'dodi bundan boshqa buyuk loyihalarni ishlab chiqarishi mumkin edi, lekin, operatsion tizimning yaratilishi uni mashhur qilgan va uni ko'pchilikka tanitgan.

Torvalds 1969 yilda Finlyandiyada shved tilida so'zlashuvchi oilada tug'ilgan. Uning kompyuter bilan qiziqishi 11 yoshidan boshlangan, u paytda uning bobosi, taniqli statistik va matematik bo’lgan. Dastlab kompyuter virusi kichkina Linusni hayratda qoldiradi.

Yillar o'tib, Linus Xelsinki universitetida kompyuter fanlari bo'yicha o'qishni boshlaydi. Ko'p o'tmay, u bugungi kunda ulkan yutuqlarga erishgan loyihaga o'zini bag'ishlaydi.

O'sha paytda Torvalds, professor Endryu Tenenbaum tomonidan ishlab chiqarilgan Minix deb nomlangan tizimdan foydalangan, ammo yosh talaba buni yana ham takomillashtirish mumkin deb o'ylardi va shu sababli u o'zining operatsion tizimini ishlab chiqish uchun shaxsiy loyihasini boshladi.

Operatsion tizimning yadrosi IBM / PC kompyuterlari bilan ishlash uchun Unixga asoslangan edi. O'z ishini tugatgandan so'ng, 1991 yil 17 sentyabrda u buni FTP serveri orqali ommaga taqdim etdi

Shu paytdan boshlab operatsion tizim erkin dasturiy ta'minot sifatida butun dunyo bo'ylab tarqala va rivojlana boshladi. Bundan tashqari, hozirgi vaqtda Linuxning faqat 2% u tomonidan ishlab chiqilgan bo'lsa ham, Torvalds hali ham tizim yadrosini boshqarish yo'nalishini saqlab qoladi.

O'shandan beri Torvaldsga qarshi fikrlar ko’p bo’ldi va ini ko’pchilik tan olgisi kelmadi.

Torvalds bir qancha mukofotlar egasi va faxriy doktor sifatida tanilishi bilan bir qatorda, Time jurnali tomonidan "Asr odamlari" qatoriga ham kiririlgan.

Ammo, aytganimizdek, Linus Torvaldsning figurasi ham ko'p tortishuvlarga sabab bo'ldi. U dunyoning turli mamlakatlaridagi ishlab chiqaruvchilar va kompaniyalarga qarshi zarba berdi va hatto Linux dasturchilarining o'zi ham bunday bayonotlardan xavfsiz emas edilar.

Nima bo’lganda ham Linus Torvalds yillar davomida dunyoning eng yaxshi dasturchilaridan biri sifatida obro’- e'tibor qozondi. Linux tarixdagi eng ko'p ishlatiladigan va eng muvaffaqiyatli operatsion tizimlardan biri.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:

Telegram: https://t.me/najotedu

Facebook: https://www.fb.com/najotedu

Instagram: https://instagram.com/najottalim

Twitter: https://twitter.com/najottalim



 

Report Page