Liverpul

Liverpul

,

Liverpul" yozgi transfer oynasida 7 nafar futbolchi bilan xayrlashish niyatida.

Mersisaydliklar safini tark etishi mumkin bo'lgan futbolchilar orasida Simon Minole, Pedro CHirivelya, Marko Gruich, Lazar Markovich, Oluvaseyi Ojo, Denni Ings va Divok Origi bor.

"Liverpul" Minoleni 14 mln. evroga, "Suonsi Siti" va "Nottingem Forest" qiziqayotgan CHirivelyani 5,6 mln. evroga baholamoqda. "Lacio" qo'lga kiritmoqchi bo'lgan Gruich 22,4 mln. evroga sotilishi mumkin. "Anderlext", "Leganes" va "Xetafe" xarid qilishni istayotgan Markovich 7,8 mln. evroga baholandi. Ojoni sotib olmoqchi bo'lgan klub 16,8 mln. evro sarflashiga to'g'ri keladi.

"Sautgempton", "Lester Siti", "Kristal Pelas" va "Nyukasl Yunayted" qiziqayotgan Ingsning narxi 22,4 mln. evro. Jamoa bosh murabbiyi Yurgen Klopp forvard bilan xayrlashish niyatida emas, ammo futbolchi doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'lishni istaydi. Origini xarid qilmoqchi bo'lgan klub 30 mln. evro to'lashiga to'g'ri keladi.

Manba : Liverpool Echo


  📲 Telegram Kanalimizga Ulaning 👇

https://telegram.me/joinchat/AAAAAEBaa3j5F9TiWDeU2g




Report Page