Lifehack

Lifehack

Maruf_JoN

Tong, kun va tun... Mana shu muddat judayam tez o‘tayotgandek tuyulmayaptimi sizga ham? Kechqurun o‘tirib kuningizni sarhisob qilgan vaqtingizda ko‘p narsalarga ulgurmaganingizdan afsuslangan paytlaringiz bo‘lganmi? Axir kunlar shiddat bilan o‘tib ketyapti. Hamma narsa tezlashgan bir paytda kunlik rejalarimizni ham bajarishga ulgurmay qolishimiz bu oddiy hol. O‘zim ham erta tongdan mana shu ishlarni qilishim kerak deya juda ko‘p narsalarni rejalashtirib qo‘yardim. Natijada hech qaysi bir ishni qoyillatib amalga oshirmasdim. Aytishadiku, qaysi ishni birinchi qilishni o‘ylayverib, oxiri hech birini qilolmadi deb. Xuddi shu holga tushib qolgandim. Toki kunimni qat‘iy rejalashtirib olmagunimcha. Sizga ham shuni ilinay dedim.

Bir kun oldin tunda ertangi kun rejasini qog‘ozga (yoki alohida bloknotga, yoki komputeringizdagi Word dasturining yangi listiga) raqamlab yozib chiqing. Masalan:

1. Ishga (o‘qishga) borish

2. 1 soat kitob o‘qish

3. 1 soat sevimli mashg‘ulotim bilan shug‘ullanish. (Bu sizning hobbiyingiz bilan bog‘liq)

4. Youtubedan ingliz tili o‘qituvchisi Emma tayyorlagan videodarslikdan bittasini ko‘rish.

5. Ko‘chada yurganda, bo‘sh vaqt topilganda, qayerdadir navbatda turganda vaqtni behuda ketkazmaslik uchun Eshli Vinsning ‘‘Ilon Mask‘‘ audiokitobini eshitish.

6. TED videolaridan 2 tasini ko‘rish.

7. Yaqinlarimga albatta qo‘ng‘iroq qilib qo‘yish. Onamga eng birinchi...

8. Trenajor zaliga borish.

9. Film tomosha qilish.

Va hokazo...

Albatta, bu shunchaki oddiy tuzilgan kunlik reja. Buni qanday murakkablikda va qay holatda tuzish bu o‘zingizga bog‘liq. Eng muhimi, rejani tuzganingizdan so‘ng, unga maksimal amal qilish. Yana bir foydali tarafi, qaysidir ishni yoddan chiqarib qo‘ydim degan xayollardan xalos bo‘lasiz. Hammasi qog‘ozda qayd etilgan bo‘ladi. Kechga borib kuningizni sarhisob qilganingizda, o‘tib borayotgan hayotingizdagi bir kuningiz bekor ketmaganini, shu kun mazmunli o‘tganini his etasiz. Ishonavering.


Kunlik rejalaringizni yozib boring. Samaradorlikka erishing.


Ma‘rufjon Ochilov

Kanalga ulanish:

https://t.me/joinchat/AAAAAEkIqZMQ99LI0onjWA

Report Page