Learn

Learn

Bekzod

Qisqacha aytib o'taman:

Meni soham backend. Web dasturlashga kiradi. Web dasturlash 2 ga bo'lingan frontend va backend. Frontda saytning front qismi dizayni, saytdagi animatsion funksiyalar, backend bilan bog'lanish shular. Backend esa saytning orqa qismi, umumiy saytni kontrol qilish(boshqarish), baza bilan ishlash(MO - ma'lumotlar ombori), loyiha bo'yicha kerakli jadvallar tuzib, ular bilan ishlash va frontga yetkazish.

Backend vs Frontend Google photos



Backendda asosan ikkita texnologiya: dasturlash tili va DB(DataBase - MO) ishlatiladi

Dasturlash tillar: PHP, Python, Java, NodeJS va boshqalar.

DB: MySQL, MongoDB SQLLite, Oracle, PostgreSQL va boshqalar


Dasturlash tili bilan bazaga bog'lanib, tog'ridan-to'g'ri kerakli ishlarni bajarish qiyin va xavsiz emas, shuning uchun buni yengillashtirib frameworklar yaratilgan, masalan:

PHP - Laravel, InstantCMS va boshqalar;

Python - Django ...


Frameworklar o'sha dasturlash tilining imkoniyatlaridan foydalanib, bajariladigan ishlar kutubxona kabi funksiyalardan, kontrollerlardan tashkil topgan. Masalan baza bilan ishlaydigan kodlar jamlanib funksiya sifatida yozib chiqilgan, bu model deyiladi.


Backendni o'rganish uchun birinchi o'sha tilni, keyin kerakli DBni, so'ng o'zizga yoqqan frameworkni o'rganishiz kerak. Lekin backenddan avval qisman frontni o'rganish kerak, chunki backend butun saytni kontrol qiladi, bunda webdan to'liqroq habardor bo'lishi kerak, ya'ni frontni ham qisman bilishi kerak.

O'rganiladigan narsalar:

Frontta o'rganiladigan narsalar:

  1. HTML - web-sahifani suyagi, matnlar, bloklar, web jadvallar, tugmalar, ro'yxatlar va hk.
  2. CSS, keyinchalik css stillaridan foydalanib yaratilgan class'lar to'plami - bootstrap'ni o'rgansa bo'ladi(unchalik muhim emas bootstrap) - html dagi bloklar, matnlar orqa fonlarning dizayni, ranglari, shriftlar.
  3. JS(JavaScript [ Java va JavaScript boshqa boshqa texnologiyalar]) - sahifada bajariladigan funksionalliklar, animatsiyalarni ham qilish mumkin, asosiysi backend bilan aloqa, o'ziga yarasha turlari bor: AJAX, POST va boshqalar. JavaScriptni ham kutubxona, frameworklari bor, ya'ni JSni soddalashtirilgan variantlar, ulardan biri JQuery

Bularni qisman o'rgangandan keyin backend uchun quyidagilarni o'rgansangiz bo'ladi:

  1. PHP ni o'zini, ya'ni uning sintaksisi, asosiysi mantiqiy amallarni qo'llay olish
  2. SQL(MySQL) ni qisman o'rgansa bo'ladi, unchalik qiyin emas
  3. Ularni front bilan qo'shib ishlatib ko'rish
  4. PHP frameworki, Laravel ni o'rgansangiz bo'ladi.


HTML, CSS, Bootstrap(unchalik kerak emas, lekin sodda, versiyalari bor: Bootstrap 4, Bootstrap 5), JS(JQuery ni ham o'rgansa bo'ladi, backend bilan bog'lanish oson unda), PHP, SQL(MySQL) - shularni W3School dan o'rgansangiz bo'ladi.

Hohlasangiz You Tubedan videodarslik ko'rsangiz ham bo'ladi


Keyin asosiysi, Laravel'ni youtubedan The Net Ninja kanalida ham o'rgansangiz bo'ladi.

Lekin Laraveldan oldin InstantCMS ni o'rgansangiz zo'r bo'ladi, hohlamasangiz shart emas. InstantCMS - sayt | videodars


Frontga chuqur kirish shart emas, ayniqsa dizayni ya'ni CSS Bootstrapni shunchaki qarab chiqsangiz bo'ladi. O'zim sizga tashlagan havolalardan o'rganganman.


Frontni o'rgangandan keyin PHPni o'rganishizda ba'zi qilinadigan ishlar bor. PHP ni server bajaradi, frontni esa foydalanuvchini brauzeri bajaradi. Shunga PHP kodni ishlatib ko'rish uchun komputerda localhost qilish kerak, PHP ga moslab. Localhost uchun server ilovalar: Open Server Panel, XAMPP. Keyin PHP ni o'zini ham yuklash kerak. Keyin php kod ishlaydi. OS Panel dasturlari server vazifasini bajarib beradi, ularda phpmyadmin - MySQL bilan ishlaydigan texnologiya ham bor. O'sha localhostni o'ranitshda muammolar chiqishi mumkin. Shunda chiqsa menga aytsangiz bo'ladi.


O'rganishda sabr tilayman :)



Ushbu postni o'g'irlash taqiqlanadi :P

Mualliflik huquqi bor :) Bekzodbek

Report Page