Kimlarning SMM xizmatidan foydalanishi shart emas?

Kimlarning SMM xizmatidan foydalanishi shart emas?

__abdurakhimov__

 

🤔 Hayotimizni reklamalarsiz tasavvur qilish qiyin. Tan olish kerakki, hozirgi kunda reklama kirib bormagan soha deyarli qolmadi. Biroq allaqachon effektiv qurolga aylangan SMM reklama xizmatidan foydalanish shart bo'lmagan sohalar ham mavjud. Qiziqdingizmi? Unda davomini o'qing!

Izoh


Keling, bir nechta misollar orqali ko'rib chiqamiz:


🍞 Novvoyxona xizmati - barchamizga ma'lumki, non - kundalik turmush tarzida doimiy iste'mol qilinuvchi mahsulot turi hisoblanadi. Demak, novvoyxona xizmati mijozlarni jalb qilish uchun hech qanaqa reklama xizmatiga muhtoj emas. Chunki mijozlarning o‘zlari reklamasiz ham o‘z ehtiyojlari yuzasidan ushbu turdagi mahsulotlarni xarid qilishga majbur bo‘ladilar;


🚨 Favqulodda holatlar, tez yordam hamda o‘t o‘chirish xizmatlari - aynan, SMM reklama xizmatidan foydalanishi shart bo'lmagan xizmatlar turiga kiradi. Sababi ushbu sohalar mijozlar ko'payishini talab qilmaydigan soha turlari hisoblanadi va faqatgina zarur hollardagina biz ushbu soha vakillariga murojaat qilishimiz mumkin;


📲 Paynet xizmati - uning o'rnini bosuvchi bir qator yangi to'lov usullarining (masalan clickning) ommalashgani evaziga hozirda to'lovning eski usullaridan biriga aylanib ulgurdi. Biroq o'z davrining talabi bo‘lgan Paynet xizmati uchun ham hech qanaqa reklama shart bo'lmagan. Sababi oddiy. Talab paydo bo'lganda biz uni reklamalarsiz ham qidirishni boshlaymiz.


Globallashuv davrida deyarli barcha sohalar SMMdan foydalanib yaxshi natijalarga erishishi mumkin, agar uni maqsadga muvofiq holda to‘g‘ri talqin etadigan bo‘lsak.


P. S. Bu maqolani endigina SMM kursida o'qishni boshlagan o'quvchimiz yozganlar. Ular yaqin kelajakda SMM bo'yicha yuqori marralarni egallashlariga ishonamiz!


📲 Qiziqqanlar uchun havola qoldiraman: Havola (yozuv ustiga bosing)


@abalog

Report Page