Kriminalistika

Kriminalistika

Botir Normurodov

Kriminalistika(lotincha. Criminalis-jinoyatga oid) - sud dalillarini yig'ish, qayd qilish, tadqiq etish va ulardan foydalanishning maxsus usul va vositalari tizimini ishlab chiqaruvchi fandir. 


Bu fan bilan shug'ullanuvchilar haqiqiy ovchilardir(odam ya'ni jinoyatchi odam ovchilari). Ammo nazariya va amaliyot biroz farq qiladi. Rost, ovchilik borasida hayvonlar biz insonlardan tabiiy refleks va tug'ma qobiliyatlari bilan ancha oldinda. 

Kriminalistologiya XIX asr oxiri XXasr boshlarida shakllangan deb qaralsada ammo uning ildizi ancha oldinga ya'ni ilk ovchilar tarixiga borib taqaladi. Bugungi kunda ko'plab olimlar "janub(nisbatan issiq)odamlari rivojlanishda oldinda bo'lgan" degan farazni ilgari surishadi. Aslidachi?! 

Aslida shimoliy ovchi qabilalari janubdagi turdoshlaridan anchayin to'q va farovonroq kun kechirishgan. Ovchi bir kiyik yoki yirik shoxli hayvon bilan bir hafta to'q yashagan bo'lsa, janub ziroatkori tinmasdan o'zini boqishiga ishongan dukkaksimon ekinni parvarishlagan va hosil vaqtini intizor kutgan(to'qchilik uchun). Janubdagi gavjumlik sabab yuzaga keladigan epidemiya,qurg'oqchilik va hosilsizlik yillarida esa janub "qahramonlari" rosmanasiga qirilishgan. Ovchilar esa doimo ko'chib yurgani, yerdan olinadigan ekinga qaram emasligi tufayli bunday xavfdan holi edilar.Aynan shimol ovchilar hayoti kriminalistika fanining asosi desak mubolag'a bo'lmaydi. 

Turli tamaddumlarga nazar solsak turlicha madaniyatlarga guvoh bo'lamiz. Xususan Bushmen xalqlari hozirgi kunda ham saqlanib qolgan bo'lib ular orasida jinoyat bu madaniyatning belgisi(!) 

Ajablanarli-a? Aytaylik siz keksayib qolgansiz va ov marosimlarida qatnashishga boshqa yaramaysiz yoki yoshroq vakil sizni o'z mahorati bilan ortda qoldirdi:demak eski avlod hisoblanasiz(Bushmenda eng keksa kishilar 45-55yosh).

Endi jinoyatga qaytsak:siz o'z qorningizni to'ydirish bilan band bo'lgan vaqtda orqa miya va ensa sohangizga kuchli zarb bilan to'qmoq yordamida urib o'ldirilasiz va bu qabila sizni qanchalik hurmat qilishini ifodalaydi. Go'shtingiz esa qabila sardori tomonidan qabila a'zolariga teng taqsimlanadi(Ular bu go'shtni yeb, go'yoki sizning kuchingizga ega bo'larmish). 

Ekvatordan janub tomon harakatlanamiz. Bu yerda insonga yetkazilgan har qanday ziyon uchun o'lim jazosi beriladigan mamlakatlar bor. Qiziq, bir inson ikkinchisini ko'ziga o'rtacha ziyon yetkazsa u o'ldiriladi. Bu insonning bu ishni nima uchun va qanday maqsadda qilgani bilan esa hech kimning ishi yo'q.Bunday qat'iy doira insonlarining bu haqda fikri:"qonunbuzar bir odam o'ldi, xolos". 

Zamonaviy Kriminalistika bugungi kunda balistologiya, trasologiya,odorologiya, daktiloskopiya va boshqa yordamchi fan mutaxasislari yordamiga tayanadi. Qisqa qilib aytsak Kriminalistika jinoiy ishni ochish uchun turli tarmoqlarni bog'lash va ularni yo'naltirishga mo'ljallangan mexanizmning asosiy muruvadidir. 


-Balistologiya:ushbu soxa vakillari jinoyat qiroli nima?, qancha masofadan ishga solingan?, qurol holati?, uning statistik topilish obekti qayerda?, kabi savollarga javob topadi.

Trasologiya: Kriminalistik tadqiqotning izlanish nazariyasini va jinoyatchilik mexanizmini aks ettiruvchi izlarning paydo bo'lish qonuniyatlarini o'rganadigan bo'lim. Iz mutaxassislari izlarni aniqlash usullari va vositalarini qo'llash, ularni aniqlash, olib qo'yish va tahlil qilish bo'yicha jinoyatlarni ochish, tergov qilish va oldini olish uchun zarur bo'lgan holatlarni aniqlash bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqadilar. 

Odorologiya:Jinoyatni ochishda hiddan foydalanish. Albatta bu sohada hozirgi kunda eng ishonchli vosita hayvonlar ya'ni itlar omilidir.


( itlarni xonakilashtirgan ovchi ajdodlarimizga va kuchli manipuliyator matriarxatlarga rahmat aytishimiz kerak). Inson va itning hid sezish orbitasi 4/100 orbitadadir. Ha, itlar ancha kuchli. 




Davomi bor...

Report Page