Koronavirus

Koronavirus

Azalshoh Safarov Kanalga ulanish.

COVID-19 odamlarga turlicha taʼsir qiladi. Aksariyat yuqtirgan odamlarda yengildan oʻrtachagacha xastalik kuzatiladi va shifoxonaga yotqizilmasdan tuzaladi.

Eng koʻp uchraydigan alomatlar:

• isitma

• quruq yoʻtal

• toliqish

Kamroq uchraydigan alomatlar:

• ogʻriqlar

• tomoq ogʻrishi

• diareya

• konyunktivit

• bosh ogʻrishi

• taʼm yoki hid bilmaslik

• toshma, barmoqlarning rangsizlanishi

Jiddiy alomatlar:

• nafas olish qiyinlashishi yoki kalta nafas olish

• koʻkrakda ogʻriq yoki bosim

•nutq yoki harakatlanish qobiliyatidan ayrilish

Agar jiddiy alomatlar sezilsa, darhol tibbiy yordam oling. Shifokor yoki shifoxonaga borishdan oldin doim telefon qiling.

Yengil asoratlari sezilgan kishilar sogʻlom boʻlsalar, alomatlarni uyda davolashlari kerak.

Virus yuqqanidan keyin oʻrtacha 5–6 kundan keyin alomatlar sezila boshlaydi, ammo bunga 14 kungacha ketishi mumkin.

Faktlarni bilish va ehtiyot choralarini koʻrish orqali oʻzingizni va atrofdagilarni himoyalang. Mahalliy poliklinikalar bergan maslahatlarga quloq tuting.

COVID-19 tarqalishining oldini olish uchun:

• Qoʻlingizni tez-tez yuvib turing. Sovunlab yuving yoki spirtli moddalar bilan ishlov bering.

• Yoʻtalayotgan yoki aksirayotgan kishilardan uzoqroqda turing.

• Koʻz, burun yoki ogʻzingizga teginmang.

• Yoʻtalganda yoki aksiraganda burun va ogʻizni bukilgan tirsak yoki mato bilan yoping.

• Mazangiz qochsa, uyda qoling.

• Agar isitma, yoʻtal yoki nafas qisishi kuzatilsa, shifokorga murojaat qiling. • Oldindan telefon qiling.

• Mahalliy poliklinikalar bergan koʻrsatmalarga amal qiling.

• Shifoxonalar samarali ishlashi uchun ularga bekorga tashrif buyurmang, shu orqali oʻzingiz va boshqalarni himoyalang.


Hozircha COVID-19 uchun muayyan vaksina yoki dori mavjud emas. Davolash usullari qidirilmoqda va klinik sinovlarda batafsi tekshiriladi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti

Mustaqil davolanish

Agar mazangiz qochsa, dam oling, koʻp suyuqlik iching va toʻyimli ovqatlaning. Oiladagilardan alohida xonada yashang, iloji boʻlsa alohida yuvinish xonasini ishlating. Tegingan joylarni tez-tez tozalab, dezinfeksiya qiling.

Har bir kishi uyida sogʻlom turmush tarzini tatbiq qilishi kerak. Sogʻliqqa foydali taomlardan ovqatlaning, yaxshi uxlang, faol harakatlaning, yaqinlar bilan telefon yoki internet orqali aloqa qiling. Ogʻir kunlarda kattalar bolalarga nisbatan yanada mehr-muhabbatli boʻlishi kerak. Iloji boricha kun tartibiga rioya qiling.

Krizis paytida xafalik, asabiylashish yoki sarosimaga tushish normal holat. Tanishlar va oiladagi yaqinlar bilan suhbatlashish yordam beradi. Agar siqilib ketsangiz, tibbiyot xodimi yoki psixoterapevt bilan gaplashing.

Tibbiy xizmat koʻrsatish

Agar sizda yengil alomatlar kuzatilsa, oʻzingizni izolyatsiya qiling va tez yordam xizmati yoki COVID-19 axborot raqamidan maslahat oling.

Agar isitma, yoʻtal yoki nafas qisishi kuzatilsa, shifokorga murojaat qiling. Oldindan telefon qiling.

http://t.me/shifokor_maslahati_01


Report Page