Koronavirus

Koronavirus

@UzJOKU_Talabalari

#koronavirus 

#maqola


Koronavirus


Koʻp sonli Xitoy xalqining ichida tez fursatda unub-oʻsgan polapon virus Italiya, Eron Janubiy Koreya, Ispaniya, AQSH va yaqin kunlarga kelib barcha qit'ada tomir ota boshladi ummuman virusning soʻngi manzili qayer, maqsadi nima? Tojdorvirusning hukumronligi qachongacha davom etadi? 

Koronavirusni bir tashvish - deb olsak, bu tashvish oldida butun insoniyat bir-birini qoʻllab-quvvatlash oʻrniga yiroqlashmayaptimi, qoʻl berib koʻrishishni taqiqlash, insonlar bir-biridan yiroqroqda havsirab, hadiksirab yashashi tibbiyot mantigʻiga toʻgʻri kelar lekin hayvondan odamga yuqqan virus insonlarni hayvonsifat qilishchalik qudratga ega emasku, adabiyotlarda oʻqishimiz tarixdan bilishimiz mumkinki toʻsatdan kelgan muammo yoki kulfatlar faqat jamoa boʻlib birdamlikda bartaraf etilgan shunday ekan bir maqsad yoʻlida, bir yoqadan bosh chiqarib bizga berilgan sinov ustidan sabr va sabot bilan atrofimizdagilarga e'tiborliroq va ma'sulyatliroq boʻlibgini gʻolib bolishimiz muqarrar.

Shak-shubhasiz albatta karantin qoidalariga rioya qilish lozim va yuqorida aytilganidek mayli qoʻllar uzilsin, masofa saqlansin lekin mehr-muruvvat uzilmasin, axir aynan shu mehr-oqibatning sustlashgani sababli ham bu balo boshimizda hukmrondir?

Eng oson va eng qulay yoʻl - oʻzingizni ehtiyot qiling, qoʻshningizni oʻgʻri tutmang, shundagina natija tezroq hamda samaraliroq boʻladi, oʻz hatti-harakatingiz bilan virusning tarqalish zanjirini uzing darvoqe koronavirusdan qanday saqlanishni bilasizmi, hamrohingizni ham bohabar qiling, biz virus bilan emas virus biz bilan hisoblashishi lozim, bolalarimiz uchun, kelajagimiz uchun kurashaylik!



BY DOSTON RAKHIMOV

Report Page