KoronaVIRUS

KoronaVIRUS

Biznes_hamkor
Biznes_hamkor

Koronavirus: Jahon iqtisodiyoti uchun uchta ssenariy

Koronavirus infektsiyasi bilan bog'liq iqtisodiy inqiroz qo'rquvi o'sib bormoqda. Estoniya allaqachon inqiroz bosqichiga kirganini, Ukraina esa uning ostonasida ekanini aytgan. AQSH esa Xitoy va Italiyani zararlanganlar soni bo'yicha ortda qoldirdi. Italiyada esa o'limlar soni 10 mingdan oshib ketdi. Epidemiyaning qancha davom etishi kelajakdagi yo'qotishlar hajmiga bog'liq.

Uchta ssenariy

  • Birinchidan, optimistik ssenariyga ko'ra, boshqa mamlakatlarda epidemiyani nazorat qilish Xitoyda bo'lgani kabi tezda o'rnatiladi. Kasallikning yangi hollari qayd etilmoqda, ammo odamlar ishlashga, bolalar esa maktabga borishda davom etmoqdalar. Bunday holda, jahon iqtisodiyoti, asosan, Xitoy yalpi ichki mahsulotining o'sishi 6% dan 4,7% gacha tushib ketishi oqibatida, jahon yalpi ichki mahsuloti - 2,5% dan 2% gacha prognoz qilingan.
  • Ikkinchidan, hozirgi vaqtda yanada to'g'riroq bo'lgan ssenariyga ko'ra, global o'sish sekinlashadi, chunki koronavirusga duch kelgan mamlakatlar Xitoy kabi kasallik tarqalishining bir xil tempdagi nazoratiga erisha olmaydilar. Ushbu ssenariyda kichik va o'rta biznes va umuman rivojlanayotgan mamlakatlarga ko'proq bosim o'tkaziladi. Havo va sayyohlik kompaniyalari yozgi dam olish mavsumining boshlanishini o'tkazib yuboradilar (ba'zi kompaniyalar uchun bu yil bo'yi olinadigan daromadlarning asosiylaridan bo'lishi mumkin), ammo may-iyun oylarida virus yo'qoladi va talab tiklanadi. Neft narxiga uchinchi chorakka qadar bosim o'tkaziladi. Jahon iqtisodiyotining o'sishi 1-1,5% ga sekinlashadi. Bu ikkala ssenariy ham koronavirusning mavsumiy ekanligini ko'rsatadi.
  • Agar virus g'arbiy yarimsharda faol ravishda tarqalishda davom ketsa, butun yil davomida iqtisodiy oqsash kuzatiladi. Bunday holda, jahon yalpi ichki mahsulotining o'sishi 1,5-0,5% ga sekinlashadi. Bu esa uchinchi ssenariy hisoblanadi.

Globallashuvning oxiri: koronavirus jahon iqtisodiyotini qanday o'zgartiradi

Koronavirus pandemiyasi davrida mamlakatlarning harakatlari Global birdamlikdan uzoqlashganligi har birimizga ma'lum. Koronavirus pandemiyasidan so'ng, davlatlar qachondir global loyihalar bo'yicha birlashishi mumkinligini tasavvur qilish qiyin.

Koronavirus bemorlarining oqimi uchun tayyorgarlik ko'rayotgan amerikalik shifokorlar va hamshiralar allaqachon yuz niqoblarining yetishmasligiga duch kelgan. Ularning ko'pchiligi himoyasiz holda hayot va o'lim o'rtasidagi kurashga kirishyapti. Agar AQSh va Xitoy yaqinlashuvi(do'stona) umuman mumkin bo'lsa, hozir buning uchun eng munosib vaqt ekanligi shubhasiz.

Deglobalizatsiya virusi: koronavirus o'rta asrlarga dunyoni qanday qilib qaytaradi?

Bu iqlim o'zgarishiga qarshi global kurash va ommaviy qirg'in qurollarining tarqalishiga qarshi global kurash uchun salbiy ta'sirga ega, globallashuvning o'zi haqida gapirmasdan turib, albatta.

Globallashuv ishonchga asoslangan: avval ishlab chiqaruvchilar o'zlarini inqirozga qarshi himoya qilish uchun sarf-xarajatlarni qoplashlari uchun zaxira yig'ishlari mumkin edi, ammo globallashuv davrida ular o'z vaqtida ish ko'rishga tayanmoqdalar. Bu esa favqulodda vaziyatlarda qo'l kelmasligi aniq.

Endi AQSh va Xitoy ikkinchi jahon urushi yillarida Yaponiyani mag'lub qilish uchun qilgan ishlariga o'xshab birlashishlari kerak: "Bu yana urush davri. Bir necha hafta oldin Uxan shahridagi tibbiy xodimlar front liniyasida edi. Endi esa San-Fransisko, Chikago va Nyu-Yorkdagi kasalxonalar xodimlari, shuningdek, Yevropaga navbat keldi".

👉Biznes_hamkor👈


Report Page