Koronavirus sabab Apple 12 000 ming xodimiga uydan ishlashga ruxsat berdi...

Koronavirus sabab Apple 12 000 ming xodimiga uydan ishlashga ruxsat berdi...

🌐OLTIARIQ_TV

》》》》》》》》》》》》


@OLTIARIQ_TV


Joriy yilning 6-mart kuni Apple kompaniyasi Kupertino shahridagi shtab-kvartirasida ishlovchi 12 000 xodimiga uyidan ishlashiga ruxsat bergan.

Ushbu qaror sog‘liqni saqlash mutasaddilarining aholi bilan gavjum o‘rinlarni kamaytirish tavsiyasi bilan izohlangan. Bundan tashqari, ofis faoliyati bilan bog‘liq qo‘shimcha ma’lumotlar dam olish kunlari e’lon qilinishi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, AQShning Kaliforniya shtatida joylashgan ushbu qarorgoh 2017-yilda ishga tushirilgan bo‘lib, uning qiymati 5 milliard AQSh dollariga teng.

Shuningdek, Facebook ham San-Fransiskoda joylashgan ofislarida ishlochi xodimlariga juma kuni uyda qolishi va virus tufayli barcha xizmat safarlarini bekor qilishi kerakligini tavsiya qilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Facebook’ning ushbu shtatdagi ofislarida 14 ming xodim faoliyat yuritadi.


Report Page