Koronavirusga qarshi vaksina. U qachon tayyor bo‘ladi?

Koronavirusga qarshi vaksina. U qachon tayyor bo‘ladi?

🌐OLTIARIQ_TV

》》》》》》》》》》


@OLTIARIQ_TV

Xitoylik olimlar yangi koronavirusning genomini aniqlab uni butun dunyo tadqiqotchilariga taqdim qilganiga bir oy ham bo‘lmadi. Bundan keyin ko‘plab farmatsevtik kompaniyalar va ilmiy-tadqiqot markazlari ishga kirishgan edi.

COVID-19 koronavirusiga qarshi vaksina ishlab chiqaruvchi laboratoriyalar oshib ketganidan ularning sonini hisoblash qiyinlashib bormoqda.

Vaksina qachon yaratiladi?

Bir necha haftadan beri alohida ekspertlar guruhi vaksina ishlab chiqarganligini ta’kidlashmoqda. Germaniyalik olimlar bunga tanqidiy munosabatda bo‘lmoqda. Tibbiy mikrobiologiya instituti epidemiologi Aleksander Kekulega ko‘ra, vaksina 2021-yildan oldin yaratilmas ekan. U 2020-yil kuzigacha vaksina paydo bo‘lmasligini prognoz qilgan. Bunga koronavirus genomining tezkor o‘zgarish xususiyatiga egaligi sabab ekan.

Vaksina qanday ta’sir qiladi?

Ishlab chiqilgan barcha vaksinalar avval mavjud bo‘lganlari asosida ishlab chiqilgan. Ba’zilari hatto veterinariyada qo‘llaniladi. 

Ko‘plab farmatsevtik kompaniyalar vaksina yaratishda organizm xavfsiz virus oqsillari ishlab chiqarishga e’tibor qaratmoqda.


Report Page