“Qizil chiroq”: Xitoyliklar koronavirusni o‘z smartfoni yordamida aniqlamoqda.....

“Qizil chiroq”: Xitoyliklar koronavirusni o‘z smartfoni yordamida aniqlamoqda.....

🌐OLTIARIQ_TV

》》》》》》》》》》


@OLTIARIQ_TV


Xitoyda paydo bo‘lgan koronavirus epidemiyasi butun aholini qo‘rquvga solib qo‘ydi. Xitoy hukumati har bir aholining salomatligini saqlash, kasallik yuqishining oldini olish borasida bir qator chora-tadbirlarni ko‘rmoqda. Endilikda zamonaviy texnologiyalar koronavirus yuqtirgan insonlarni karantinga olishga yordam berayapti. Qanday qilib deysizmi? 


Yangi ilova bilan tanishing

Alipay Health Code deb ataluvchi ushbu ilovadan dunyoning 200 davlatida foydalaniladi va hozirda u butun Xitoy bo‘ylab ommalashib bormoqda. Xitoy fuqarolari o‘z mobil telefoniga mazkur ilovani o‘rnatishga majbur qilinmoqda. Gap shundaki, u telefonga o‘rnatilgach, ilova telefon sohibiga qizil, sariq yoki yashil ranglardan birini yuboradi. Ushbu rangning qaysi biri smartfon ekranida paydo bo‘lishi telefon sohibining salomatligiga bog‘liq. 

Agar gadjetda qizil rang paydo bo‘lsa, demak, siz karantin ostidasiz va 2 hafta hech qayerga chiqmasligingiz shart. Sariq rang zudlik bilan sog‘liqni saqlash xodimlariga murojaat qilish kerakligiga ishora qiladi. Yashil rang esa insonda hech qanday koronavirus va uning belgilari mavjud emasligi, u bemalol ko‘chaga chiqishi mumkinligini anglatib turadi.


Report Page