Butun dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 88 ming kishidan oshib ketdi.....

Butun dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 88 ming kishidan oshib ketdi.....

🌐OLTIARIQ_TV

》》》》》》》》》》》


@OLTIARIQ_TV

Butun dunyo bo‘ylab yangi turdagi COVID-19 koronavirusi bilan kasallanganlar soni 88 232 kishiga yetdi, deb xabar beradi South China Morning Post.

Virus oqibatida vafot etganlar soni 3041 kishiga yetgan, 42 mingdan ortiq bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoyda so‘nggi bir sutka ichida 42 ta o‘lim holati qayd etilgan bo‘lib, yana 202 kishida koronavirus aniqlangan.

Avvalroq Tashqi ishlar vazirligi Janubiy Koreyada bo‘lib turgan va ushbu davlatga borishni rejalashtirayotgan o‘zbekistonliklarga murojaat qilib, koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida O‘zbekiston Transport vazirligi Janubiy Koreya aviatsiya idoralari 1-martdan boshlab ikki mamlakat o‘rtasidagi aviaqatnovlarda vaqtinchalik cheklash choralari joriy qilinishi to‘g‘risida rasman xabardor qilgandi.

Mavzuga doir:

Shuningdek, Uzbekistan Airways Yaponiya va Italiyada koronavirus avj olishi sababli Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 2020-yilning 1-martidan boshlab Tokio va Rimga bo‘lgan yo‘nalishdagi qatnovlarni vaqtincha to‘xtatgani ma’lum qilingandi.


Report Page