Koronavirus Samsung zavodiga ham “kirib bordi”

Koronavirus Samsung zavodiga ham “kirib bordi”

🌐OLTIARIQ_TV

》》》》》》》》》》》


@OLTIARIQ_TV

Epidemiya markazi Xitoy bo‘lgan xavfli koronavirus sekin-asta butun dunyo bo‘ylab tarqalmoqda. Hattoki, Yevropada ham zararlanganlar topilgan edi. Shuningdek, kasallik qo‘zg‘atuvchisi elektron bozor faoliyatiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatib ulgurdi, desak mubolag’a bo’lmaydi. Xususan, Samsung Electronics’ning Kyonsan-Pukto provinsiyasi Kumi shahrida joylashgan zavodi koronavirus bilan zararlangan ishchisi sabab ma’lum muddatga yopilishga majbur bo‘ldi.

Xabarda ma’lum qilinishicha, zavodda smartfonlarni yig‘ish va ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi xodim, 28 yoshli qiz virus sabab o‘zini nohush his qilgan. Yosh qizga kasallik qo‘zg‘atuvchisini uning yigiti yuqtirganligi tahmin qilinmoqda.

Qat’iy tartib

Shuningdek, ishchilarga zavod 24-fevralgacha yopiq bo‘lishi ma’lum qilingan. 25-fevralgacha esa kasallangan qiz ishlagan qavatga chiqish qat’iy taqiqlanmoqda. Ma’muriyat zavod ishchilaridan himoya niqobini taqqan holatda barcha profilaktika choralariga amal qilishlarini so‘rashgan.


Report Page