Kichkintoylarga nima tayyorlaymiz?

Kichkintoylarga nima tayyorlaymiz?

Labbay Market

Rang-barang chuchvaralar


Masalliqlar:

Xamirga πŸ‘‡

β€’ 450-500 gramm un
β€’ 60 millilitr qizil lavlagi sharbati
β€’ 60 millilitr qizil sabzi sharbati
β€’ 60 millilitr ismaloqli pyure
β€’ 2 ta tuxum
β€’ 3 choy qoshiq o'simlik yog'i
β€’ 1 choy qoshiq tuz


Asosiga πŸ‘‡

600 gramm mol go'shtidan qiyma
1 bosh piyoz
ta'bga qarab tuz va murch

Tayyorlanishi:

1. Qizil sabzi va lavlagining 60 millilitrdan sharbatini siqib chiqaramiz. Ismaloq ustidan bitta qaynoq suv quyib, so'ng suvini to'kib tashlaymiz. O'zini esa blender idishiga solib, ezib maydalaymiz.
2. Uchala sharbatni alohida-alohida idishga quyib, har biriga bir chimdim tuz va 1 choy qoshiq o'simlik yog'idan solamiz.
3. Ikkita tuxumni chaqib, sanchiqda ozroq ko'pirtirib olamiz va uchala sharbatga taqsimlab solib chiqamiz.
4. So'ng har bir sharbatga taxminan 150-180 gramm unni oz-ozdan solib, xamir qorib olamiz.
5. Xamirlarni ustini yelim xalta bilan yopib, 15-20 daqiqaga tindirib qo'yamiz.
6. Qiyma ustidan piyozni qirg'ichdan chiqarib solamiz, tuz va murch sepib, aralashtirib olamiz. Agarda qiyma juda quyuq bo'lsa, unda ozroq muzdek suvdan quyish mumkin.
7. Xamirni 2 mm yupqalikda yoyib olamiz, so'ng stakancha yoki qolipcha yordamida aylana shaklchalar kesib chiqamiz. So'ng oz-ozdan qiyma solib, chuchvaralar tugib chiqamiz.
8. So'ng chuchvaralarni muzlagichda saqlash yoki shu zahotiyoq qaynatib iste'mol qilish mumkin.
Buning uchun suvni qaynatib, ozroq tuz va xohishga qarab sevimli ziravorlardan sepish mumkin. So'ng chuchvaralarni solib, ustiga suzib chiqqandan keyin, yana 5 daqiqacha qaynatib olamiz. Yoqimli ishtaha!




Masalliqlarni "Labbay Market" do'konlaridan hamyonbop narxlarda topasiz!Β 

🚚 Olmaliq shahri uchun pullik yetkazib berish xizmati mavjud.


πŸ“ž Buyurtma berish:
+998931140055


Telegram
| Instagram | Manba

Report Page