Killer

Killer

By Mire

- Xo'sh, bu men sizga aytgan kichkina ahmoq!!!


Pov.Ria

Uning so'zlaridan keyin o'zimni o'nglab olish uchun bir lahza kerak bo'ldi . Men boshimni ko'tarib, qovog'imni o'ydim . To'g'ri, mijozlarga xushmuomalalik bilan munosabatda bo'lish mening vazifamning bir qismi , ammo bu mijozlar men xushmuomalalik bilan muomila qila olmaydigan mijozlar turidan edi.

- Siz kimni kichkina ahmoq deyabsiz?! - u baland ovozda so'radi .

Taehyung unga bir qadam yaqinlashib, oldinga egildi. Ria undan iloji boricha uzoqroq bo'lish uchun orqaga engashishga majbur bo'ldi.

- Mijozlar bilan shunday gaplashish mumkinmi?! - so'radi u chuqur nafas olib

Taehyung


POV.RIA

Nafratlanam ... nafaqat undan balki bizni tomosha qilib turganlardan ham...

- Taehyung bechora qizni tinch qo'y ! - ovoz eshitildi xonaning narigi tomonidan

Gapirayotgan yigit yaqinlashib, do'stining yelkasiga qo'lini qo'ydi. Ria sekin boshini ko'tarib bir yutunib qo'ydi. U baland bo'yli va kelishgan, chiroyli , tiniq yuzi bor edi. Sochlari ko'k rangga bo'yalganligi o'ziga juda yarashib turardi. U zerikarli do'stiga nisbatan oqilona ko'rinardi.

- Faqatgina sen bu yirtqich hyungni tinchlantira olasan - dedi boshqa tarafdan kimdir

Ria boshini burib u tomonga qaradi. U o'z o'rnida shohona ko'rinardi, boshdan oyoq Gucci kiygan, boshi egilgan, kumush rangga bo'yalgan sochlari Riani qosh ko'tarishga majbur qildi.

* Qanday qilib u shunday soch rangi bilan bunchalik yaxshi ko'rinadi? *

Uning ko'zlari kitobda edi.

- Kimni yirtqich deysan Baekhyun ?! - so'radi Taehyung

U shuncha yelka qisib do'stiga e'tibor bermay o'qishni davom etdi.

Ria


Namjoon


- Sizdan uzr so'rayman, yangi kelganmisiz?! - Namjoon Riaga qarab

- Hm, yo'q men bu bo'limga tayinlanmaganman

- Ko'rinib turibdi - dedi Namjoon Riani boshdan oyoq skanner qilib chiqib.

- U bilmaydi - orqadan yana bir boshqa yigitning ovozi eshitildi va u ularga sekin yaqinlashdi.

U Namjoondan biroz pastroq lekin unchalik kelishgan emas edi. Ria hech qachon sport bilan shug'ullanmagan bo'lsada, lekin u bu yigitning sport bilan shug'ullanishini darrov sezdi. Chap qulog'iga uzun sirg'a taqib olgan bu yigit Namjoonning yoniga turdi.

POV.RIA

Miyyamni karaxt holatdan chiqarmoqchi bo'ldim, lekin o'zimni xuddi tiqilib qolganday his qilardim. Ularning gaplarini eshitardim, ularga munosabat bildirmoqchi bo'lardim, lekin o'zimda qo'rquv va noqulaylikni his qildim.

- Siz uni qo'rqityabsiz - yumshoqroq ovoz eshitildi va yana bir yigit yaqinlashib beparvo qo'lini Rianing yelkasiga qo'ydi.

Ria bundan biroz g'azablangan bo'lsada lekin hech narsa demadi.

- Yaxshimisan ?!

Ria unga qaradi , uning shirin qora ko'zlari , to'la pushti lablari va iliq tabassumi butun yuzini egallagan edi. Ria yelkasiga teginishdan xijolat bo'lib, uni qo'lini yelkasidan olmoqchi bo'ldi.

- Bunday beparvo bo'lishni bas qil Jimin - uzun bo'yli yigit ichimlik ichish uchun xonaning burchagidagi katta stolning yoniga bordi.

Ria unga qaradi , yigit ham unga qaradi va nega menga bunday qarayabsan deganday qoshlarini ko'tardi. U ham boshqalarga o'xshab chiroyli ,lekin ulardan yoshroq ko'rinardi. Uning lablari, qop-qora sochlari, jingalak bo'lib ko'zlari ustida osilib turardi.

- Sen har doim juda qattiqqo'lsan Kookie - Jimin sekin qo'lini Rianing yelkasidan oldi.

Jungkook g'azablangan holda

- Meni yana bir bora shunday chaqirsang men....

- To'xtang !!! - Ria to'satdan baqirib yubordi.

Ularning hammasi unga qaradi. Ria hatto nima uchun baqirganini bilmasdi, lekin hayolidan o'tgan narsa shu bo'ldi.

- Men sizlarga uni aqldan ozganini aytdimku - deb g'o'ldiradi Taehyung joyida o'tirgan holda

- Sen aqldan ozganingni bilasan, shunday emasmi?! - Baekhyun kitobini varaqlab so'radi.

- Kimdir menga uni bu yerga nima uchun chaqirganimizni eslatib yubora oladimi?!

Taehyung Riaga tikilib turgan yigitlardan so'radi.

Ria tinchlanish uchun ko'zlarini yumib, yonoqlariga urdi. Buni ko'rgan Jungkook biroz jilmayib " U haqiqatan ham g'alati " deb do'stining gapini tasdiqladi.

Ria ko'zlarini ochib Namjoonga qaradi, chunki u unga bu xonadagi eng aqlli odamga o'xshab ko'rindi.

- Siz ofitsiant chaqirtirgan edingiz

Namjoon " ha " degandek bosh chayqab qo'ydi.

- Men bilan yur!

U Riani ichimliklar turgan stolga olib bordi.

- Bir necha daqiqadan so'ng bir nechta mehmonlar keladi va sen iloji boricha stolni ichimliklar bilan to'ldirishing kerak

- Hammasi shumi?! - sekin so'radi.

U yaqinroq kelib Ria tomonga egildi, undan yoqimli ifor kelib turardi, Ria turgan joyida qotib qoldi.

- Tashqaridan ovqat buyurtma qilish mumkin emasligini bilaman, xo'sh bunda bizga yordam berasanmi?!

Ria yarim hayratda va biroz yengillik bilan unga qaradi.

- Kechirasiz, lekin men qoidalarni buzolmayman!

- Bizga katta yordam qilgan bo'larding - pichirladi va uning nafasi Rianing yuziga urildi.

- Bu shunchaki ovqat, to'g'rimi?!

Buni eshitib Namjoon tabassum qildi, u kulganida yuzidagi kulgichlari ko'rindi. Ria ham unga qarab jilmayib qo'ydi.

- Hammasi shu!

Ria bosh irg'ab, stolga qaradi.

- Sizga yoqadigan ichimliklar ro'yxatini olsam bo'ladimi?!

- Jungkook aytadi buni senga ! - dedi Namjoon va tabassum bilan do'stlarini yoniga bordi.

Ria u ketgan tomonga qaradi va Taehyung uni kuzatib turganini ko'rdi.

- Ahmoq - deb g'o'ldiradi.

- Viski- dedi kimdir Rianing orqasidan

Ria hayrat bilan ortiga qaradi va Namjoon " Jungkook " deb atagan, boshqa bir yigit esa " Kookie " deb chaqirgan yigitni ko'rdi.

- Kechirasiz ?! - Ria dovdirab qoldi, yigit esa stolga ishora qilib

- Viski, jin, vino va sizning qimmat baho shampaningiz

Ria hamon ko'zlarini katta-katta qilib unga qarab turardi.

- Nima tushunmadingmi?! Takrorlashim kerakmi?!


Pov.Ria

Uning bu so'zlari asabimga tegdi va endi men ham jim turmasdan unga gap qaytardim

- Men ahmoq emasman, tushundim

* Jungkook Riaga yaqinlashib uni orqaga siljishga majbur qildi *

- Ha, bu ko'rinib turibdi

Bir qarashda begunoh ko'ringan bu odamning ko'zlariga to'qnash kelganimda ichimdan nimadir o'tib ketdi, yonoqlarim qizib ketganini his qildim.


Jungkook o'zi qilgan ishdan mamnun bo'lgandek jilmayib uning yonidan o'tib ketdi.

Ria yonoqlarini ushlagancha xonadan chiqish uchun eshikni yoniga bordi.

- Hey, sen!

Ria tishini g'ijirlatgancha, soxta tabassum bilan ortiga qaradi.

- Ha janob!

Baekhyun kitobdan ko'zini uzub Riaga qaradi.

- Keyin tezroq qaytib kel !

- Men bu yerda kerak emasman - Ria qovog'ini uyib, qoshini chimirdi.

- Aksincha - u urnidan turib, Riaga yaqinlashdi - Sen bizga va mehmonlarimizga xizmat qilishing kerak

Ria negadir Namjoonga qaradi g'oya uni qo'tqarishini kutayotgandek , u Taehyungga qaradi va keyin Riaga qarab biroz tabassum bilan

- Ha, bizga kerak bo'lasan !

Jimin
Jungkook
Baekhyun



TO BE CONTINUE...

3-qism




Report Page