🧁🧁🧁Keks🧁🧁🧁

🧁🧁🧁Keks🧁🧁🧁


Keks (katta qolipda)
Keks (kichik qolipchalarda)


🧁Kerakli masalliqlar:

1. Tuxum-4 ta

2. Shakar- 200 gr

3. Yog'- 200 gr

4. Qatiq -200 gr

5. Razrixlitel -1 pachka

6. Un- 400-450 gr

❗Masalliqlarni aralashtirish davomida mikser yoki qoshiq emas venchik ishlating.

❗Masalliqlarni o'lchash uchun mo'ljallangan tarozingiz bo'lamasa, piyolada ham o'lachashingiz mumkin. Masalan 1 piyola - 200 gr hisoblanadi.


1️⃣

4 ta tuxumni idishga chaqamiz va aralashtiramiz.

2️⃣

200 gr shakarni qo'shib aralashtiramiz.

3️⃣

200 gr yog'ni qo'shib aralashtiramiz.

3️⃣

Alohida idishga 200 gr qatiqni solamiz unga 1 pachka razrixlitelni qo'shib aralashtiramiz, qatiq ko'pik bo'lishni boshlaydi. Masalan bir piyola qatiq taxminan bir kosa bo'lib ko'payadi.

4️⃣

Tuxumli massaga qatiqli massani qo'shib aralashtiramiz.

5️⃣

400 gr un qo'shib aralashtiramiz, aralashma suyuq ham, juda quyuq ham bo'lmasligi kerak.

6️⃣

Qolipga solamiz.

7️⃣

Qolipni listning ustiga qo'yib, gazda 30 daqiqa davomida pishiramiz. Olovni 15 daqiqa davomida baland qilamiz, keyin pasroq olovda pishiramiz. Tayyor bo'lgan keksimizni xohlaganimizcha bezatishimiz mumkin.


❗Keksni hohlasangiz kichik qolipchalarda yoki katta qoliplarda ham pishirish mumkin.


😋😋😋Yoqimli ishtaxa!😋😋😋


Pishirib bo'lganingizdan so'ng, tayyor shirinligingizni rasmga olib, ismi-sharifingiz bilan @Sweetslanduz_bot ga yuborishni unutmang!☺️




Report Page