Keks

Keks

Amira Askarova & Sevara Turgunova

Assalomu aleykum azizlar. Bugun biz siz bilan keks qilishni o'rganamiz.

Kerakli masalliqlar:

1. Tuxum-4 ta

2. Shakar- 200 gr

3. Yog'- 200 gr

4. Qatiq -200 gr

5. Razrixlitel -1 pachka

6. Un- 500 gr

Barcha kerakli masalliqlarni taxt qilib olganimizdan so'ng, tuxumni idishga chaqamiz, venchik yordamida aralashtiramiz, unga shakar qo'shamiz aralashtirib, yog' qo'shamiz, bu aralashmani chetga olib qo'yamiz. Alohida idishga qattiqni solamiz unga razrixlitelni qo'shib aralashtiramiz, qatiq ko'pik bo'lishni boshlaydi. Masalan bir piyola qatiq tahminan bir kosa bo'lib ko'payadi. Keyin tuxumli aralashmaga ko'pirgan qatiqni qo'shamiz. Keyin un qo'shib aralashtiramiz, aralashma suyuq ham, juda quyuq ham bo'lmasligi kerak. Keyin qolipga solib gazda 20-30 daqiqa davomida pishiramiz. Olovni 15 daqiqa davomida baland qilamiz, keyin pasroq olovda pishiramiz. Tayyor bo'lgan keksimizni hohlaganimizcha bezatishimiz mumkun.

Keksni zohlasangiz katta qolibda, xohlasangiz kichkina qolipchalarda pishirishingiz mumkun.

Yoqimli ishtaxa!

Pishirib bo'lganingizdan so'ng ulashishni unutmang, aziz qadirdonim!☺️

Report Page