jQuery

jQuery

Leon - dasturiy ta`minot va veb saytlar ishlab chiqish hamda ta`lim

jQuery - bu JavaScript dasturlash tilida yozilgan JavaScript va HTMLni o`zaro bog`lashga qaratilgan eng mashhur kutubxonalardan biri. U JavaScriptda skriptlar ishlab chiqishni soddalashtirish, tezlashtirish hamda yaxshilash imkonini beradi. jQuery kutubxonasi har qanday DOM elementiga, uning atributlariga hamda DOM elementlari tarkibiga murojaat qilishga hamda ularni boshqarishga yordam beradi. Shuningdek, jQuery kutubxonasi AJAX bilan ishlash uchun qulay API taqdim etadi.Hozirgi kunda jQueryni ishlab chiqish Jon Rezig boshchiligidagi jQuery jamoasi tomonidan amalga oshirilmoqda.

jQueryning afzalliklari:

   CSS selektorlariga asoslangan elementlar bilan ishlash uchun juda ham qulay

   Judayam yaxshi krossbrauzerlilik. Ko`p dasturchilar krossbrauzerlilik ustida o`ylab ham o`tirishmaydi, lekin bu juda ham zarur. Axir yozilgan kodni har xil brauzerlar har xil qayta ishlashi mumkin. jQuery esa bularni hisobga olib ketadi va bularni o`ylashga sizda hojat qolmaydi.

   Ko`plab tayyor plaginlarning mavjudligi. Xuddi shunday slayderni JavaScriptda qilish uchun bir necha kunlab vaqt ketishi mumkin. Tayyor plaginni o`rnatish va sozlashga bir necha daqiqagina ketadi.

Hozirgi kunda dunyoning har xil kompaniyalari tomonidan yangidan-yangi javaScript frameworklar va kutubxonalar ishlab chiqilayotganiga qaramay dunyo saytlarining juda ko`p qismi jQuerydan foydalanib tuzilgan. Shunday ekan uni o`zlashtirish har bir Web-master uchun muhim.

   jQueryni o`rganish uchun biz bilan bog`laning hamda o`quv kurslarimizga yoziling.

Report Page