Javascript

Javascript

FARRUX DEVELOPER

Javascript nima ?

Javascript dunyodagi mashhur va eng ko'p ishlatiladigan dasturlash tillaridan biridir.


Javascript o'zi qanday dasturlash tili ?

Javascript dynamic (DA 5-dars) va script (DA 12-dars) dasturlash tili .

Javascript bilan qanday dasturlar tuzsa bo'ladi ?

Javascript uzoq vaqtlar faqatgina browser ichida chiroyli web saytlar yasash uchun ishlatilgan. Bugungi kunda javascript yordamida web saytlar , mobile dasturlar, real vaqtda muloqot qiluvchi dasturlar ( chat , stream servislar) , command line tools , va xattoki o'yinlar ham yasash mumkin.


Javascript qayerda va qanday ishlaydi ?

Javascriptni asl holatida faqatgina browser ichida ishlaydi. Hamma browser ichida Javascript engine nomli dastur ya'ni interpreter (DA 2-dars) bo'lib javascript kodlarini mashina kodiga o'girib dasturni ishga tushirib beradi.

Misol uchun FireFox ichida SpiderMonkey , Chrome ichida V8 ,Internet Explorer ichida Chakra nomli javascript engine dasturi mavjud.

Ma'lumot sifatida etib ketaman

V8 - open source , google tomonidan ishlab chiqilgan va C++ da yozilgan

SpiderMonkey - 1 chi javascript engine hisoblanadi va avval Netscape Navigator keyinchalik FireFox tomonidan quvatlanib turgan

Bundan tashqari ham javascript enginelar mavjud

Rhino - open source , Mozilla foundation tomonidan boshqariladi va to'liq javada yozilgan

JavascriptCore - open source , Apple tomonidan Safari uchun ishlab chiqilgan

Chakra - internet explorer va micrasoft edge tomonidan ishlatiladi


2009-yilda Ryan Dahl nomli injener Chrome browserini ochiq manbali javascript engine ni olib uni C++ ichida ishga tushirdi va uni Node deb nomladi. Node bu c++ dasturi bo'lib , u googlening V8 javascript engine dan iborat.

(Keling bu narsani soddaroq tushuntirib bersam. Tasavvur qilamiz Youtube videoni faqatgina youtubeda kor'a olamiz. Va qandaydir yengi dastur yordamida videoni turli xil saytlardan turib ham yoki mobile dasturlar ichida turib ham youtubedagi videoni ko'rishimiz mumkin. Lekin videoni qayerda ko'rishimizdan qattiy nazar youtube video holida qoladi. Endi misolimizdagi narsalar o'rniga javascriptni qo'yamiz youtube video bu javascript , yangi dastur bu node va turli xil saytlar va mobile dasturlar bular browserni tashqarisi.)


Endi Node dasturi yordamida Javascriptni browserni tashqarisida ham ishlatish imkoniyati paydo bo'ldi. Bu esa javascript yordamida backend va mobile dasturlarni yasash imkoniyatini berdi


ECMAScript nima ?


ECMAScript script tillar uchun specificationi bo'lib, u Javascript uchun qoidalar , hususiyatlardan , standartlardan iborat.


ECMAScript ning 1 chi versiyasi 1997-yilda chiqqan, oradan ancha vaqt o'tib 2015 yildan boshlab ECMA yengi versiylarani har yili ishlab chiqarishni boshladi. 2015 yilda ishlab chiqarilgani ECMAScript 2015 yoki ES6 deb nomlandi. Bu versiyada Javascriptga ko'plab yangi xususiyatlar qo'shilgan.






Report Page