JavaScript

JavaScript

Isoqova O'g'ilshod

Reja:

1.JavaScript haqida umumiy ma'lumot

2.Hello, world!

3.Code structure

4.The modern mode, "use strict"

5.Variables

JavaScript haqida umumiy ma'lumot

JavaScript juda ko'p qo'llaniladigan va qulayliklarga ega dasturlash tilidir. U birinchi marta 1995-yilda Brendan Eich tomonidan 10 kun ichida ishlab chiqilgan va Netscape Communications Corporation (u o'sha erda ishlaydigan), Mozilla Foundation (Eich shirkati asos solgan) va Ecma International tomonidan ishlab chiqilgan. JavaScript odatda HTML va CSS kabi boshqa veb-texnologiyalar bilan birgalikda ishlatiladi. HTML veb-sahifaning tuzilishini ta'minlaydi, CSS esa maket va dizaynni yaratish uchun ishlatiladi.

Hello ,world!

Endi JavaScript haqida umumiy ma'lumotlarga ega b0'lamiz.

"Script" yorlig'i

JavaScript dasturlarini HTML hujjatining deyarli istalgan joyiga <script> tegi yordamida kiritish mumkin.

buning natijasi quyidagicha bo'ladi

"script" tegining bir nechta attribuitlari mavjud.Ularga misol qilib quyidagilarni ko'rsatishimiz mumkin:

Type atributi: <script type=...>

Til atributi: <script language=...>

hozirgi kunda bu attribuitlar zamonaviy belgilashda kamdan-kam qo'llaniladi, ammo eski kodda hali ham mavjud.

Yana qulayliklardan biri bu agar bizda JavaScript kodlari ko'p bo'lsa ular aralashib ketmasligin uchun alohida fayllarga olib qo'yishimiz mumkin.Uni esa html kodga src attribuit orqali quyidagich ulaymiz:

Esda tuting!!!

Qoidaga ko'ra, HTMLga faqat eng oddiy skriptlar qo'yiladi. Keyinchalik murakkablari alohida fayllarda joylashadi.Alohida faylning afzalligi shundaki, brauzer uni yuklab oladi va keshda saqlaydi.Xuddi shu skriptga havola qilingan boshqa sahifalar uni yuklab olish o'rniga keshdan oladi, shuning uchun fayl aslida bir marta yuklab olinadi.Bu trafikni kamaytiradi va sahifalarni tezroq ishlashiga yordam beradi.Agar src o'rnatilgan bo'lsa, skript tarkibi e'tiborga olinmaydi.Bitta <script> tegi ichida src atributi ham, kod ham bo‘lishi mumkin emas.


Code structure

Hamma dasturlash tillarida bo'lgani kabi JavaScriptda ham o'zining kod yozish strukturasi bor.

Biz yuqorida ko'rganimizdek JS da kodlar alert tegi orqali yoziladi.Bu tegda yozayotganimizdan qavs ichida qo'shtirnoq va har bir so'zni yozishda alohida qatordan yozishmiz kerak bu kodni yana ham tushunarliroq bo'lishiga yordam beradi.Ularni nuqtali vergul orqali ajratish ham zarurdir.Uni quyidagi misol orqali ko'rishimiz mumkin:

natijasi quyidagicha

Aksariyat hollarda yangi qator nuqta-vergulni bildiradi. Ammo "ko'p hollarda" "har doim" degani emas!Yangi qator nuqtali vergulni bildirmaydigan holatlar mavjud. 

natija quyidagicha.Kod 10 ni chiqaradi, chunki JavaScript bu yerga nuqta-vergul qo'ymaydi. Ko'rinib turibdiki, agar chiziq plyus "+" bilan tugasa, bu "to'liqsiz ifoda" bo'lib, nuqtali vergul noto'g'ri bo'ladi.
Ammo JavaScript haqiqatan ham zarur bo'lgan joyda nuqta-vergul qo'yishni "muvaffaqiyatsiz" qiladigan holatlar mavjud.

Comments

Vaqt o'tishi bilan kodlar murakkablashadi bu esa ko'plab tushunmovchiliklar olib kelishi mumkin.Shuning uchun kodlar qanday vazifani bajaradi va nima uchun kerakligini bildirish uchun sharhlar qo'yish zarur.U sharhlarni qo'yishda esa commentlardan foydalanamiz ,chunki kommentga olingan ma'lumot kodda ko'rinmaydi va ko'pgina qulayliklar keltiradi.Kommentga olish C++ dagi kabi ikki tayoqcha (//)va tayoqcha yulduzcha orqali amalga oshiriladi(*/).

The modern mode, "use strict"

Yillar davomida JavaScript rivojlanib bordi .Tilga yangi funksiyalar qo'shildi ammo eski funksiyalar ham o'zgarmay o'z holicha qolgan.Bu mavjud kodni yangilanishlar kiritishi sababli buzilib ketish oldini oladi.Ammo salbiy tomoni shundaki, JavaScript yaratuvchilari tomonidan qilingan har qanday xato yoki nomukammal qaror tilda abadiy qolib ketgan.Shu kabi muammilarni hal qilish uchun tilga yangi xususiyat qo'shildi va mavjud kodlarning ba'zilari o'zgartirildi.Undan foydalanishda "use strict"

ko'rsatmasidan foydalaniladi. "Use strict" qat'iy tekshirish deb nomlanadi va u kod yozishdan oldin eng yuqorida yoziladi.U ko'plab qulayliklar keltirib chiqaradi.Misol uchun: u kod yozishda qandaydir harf yoki belgi qolib ketgan bo'lsa qaysi qatorda qanday muammo borligini ko'rsatadi va JavaScriptning o'zining maxsus kalit so'zlaridan foydalanganimizda xato deb u haqida ham ogohlantiradi.Bularni quyidagi misollar orqali ko'rishimiz mumkin:

mana bunda use strictdan foydalanganimiz sababli qaysi qatorda qanday muammo borligi haqida ogohlantiryapti.

bundan tashqari use strictni yana bir qancha qulayliklari bor.

Variables

JavaScript ilovasida ko'pincha ma'lumotlar bilan ishlanadi.Va bir qancha hollarda o'zgaruvchilardan foydalanishga to'g'rim keladi.O'zgaruvchilar yaratishda let kalit so'zidan foydalaniladi.

o'zgaruvchi yaratish quyidagicha amalga oshadi
quyidagi ko'rinishda bir nechta o'zgaruvchilar ham ochish mumkin.

ammo kod yana ham tushunarli bo'lishi uchun har bir o'zgaruvchini alohida let orali ochib yangi qatordan ochish maqsadga muvofiq.

o'zgaruvchilarni var kalit so'zi orqali ham ochish mumkin .var kalit so'zi let bilan deyarli bir xil. U shunchaki o'zgaruvchini e'lon qiladi.Let va var o'rtasida nozik farqlar mavjud, ammo ular biz uchun hali muhim emas.

shuningdek bular yordamida biz ikkita o'zgaruvchini e'lon qilishimiz va biridan ikkinchisiga nusxalashimiz mumkin.

O'zgaruvhilarni chaqirishni ham o'z qoidalari mavjud ya'ni o'zgaruvchini faqat bir marta e'lon qilinishi kerak va xuddi o'zgaruvchining takroriy deklaratsiyasi xato hisoblanadi.

O'zgaruvchilarni nomlash

JavaScript-da o'zgaruvchilar nomlarida ikkita cheklov mavjud:

1. Ism faqat harflar, raqamlar yoki $ va belgilaridan iborat bo'lishi kerak.

2. Birinchi belgi raqam bo'lmasligi kerak.

To'g'ri nomlarga misollar:

o'zgaruvchilarni nomlashda turli tillardan ham foydalansak bo'ladi .

quyidagi ko'rinishda

ammo maxsus kalit so'zlar bilan nomlash mumkin emas.

mana bu kabi

Doimiy (o'zgarmas) o'zgaruvchini e'lon qilish uchun let o'rniga const dan foydalaniladi:

Const yordamida e'lon qilingan o'zgaruvchilar "doimiy" deb ataladi. Ularni qayta tayinlash mumkin emas. Bunga urinish quiydagi xatoga olib keladi:

Agar dasturchi o'zgaruvchi hech qachon o'zgarmasligiga amin bo'lsa, uni kafolatlash va bu faktni hammaga aniq etkazish uchun const bilan e'lon qilishi mumkin.Const larni belgilashda ko'proq katta harflardan foydalanish tavsiya qilinadi.

JavaScriptda ishlashda quyidagi qonun qoidalarga amal qilish ko'pgina muammolar oldini oladi.Shu sababli bu ma'lumotlarni o'qishni tavsiya qilaman.









Report Page