JavaScript

JavaScript

dasturlash tili


JavaScript 90-yillarda sobiq Netscape Communications va hozirgi Mozilla Foundationning asoschilaridan bo’lgan Brendan Ich (Brendan Eich) tomonidan ishlab chiqilgan skript til bo’lib, Java bilan adashtirib yubormaslik kerak. Ma’lumki, JavaScript veb dasturlashda fundamental texnologiyalardan biri hisoblanadi. Albatta, JavaScript brovzerdan tashqarida ham qo’llaniladi, lekin asosan veb ilova va hizmatlarda foydalaniladi. Tilning o’zi dinamik bo’lib, dasturlashning obyektga yo’naltirilgan uslublaridan (til sifatida asosan obyektga yo’naltirilgan), shuningdek, funksional va imperativ usullaridan foydalanish imkonini beradi. U o’zinig ko’plab sintaksislarini C dan olgan, agar kelgusida veb sohasida har qanday rivojlanish qilmoqchi bo’lsangiz, JavaScriptni o’rganish sizning ro’yxatingizda bo’lishi kerak.


Baxtingizga, JavaScriptni o’rganish nisbatan oson, u bilan o’ynab ko’rishingiz uchun shundoqqina brouzeringizda joylashgan, ma’lum vaqt chetda qolishiga qaramasdan, u tezda mashhur bo’lib bormoqda. Bu tilga ovoz berganlarning ko’pchiligi JavaScriptni o’rganish orqali pul topishga ishtiyoqi zo’rligini ta’kidlab o’tishgan – ko’pchilik dasturlashni shu maqsadda o’rganishi ham turgan gap, chunki undan foydalanib darrov veb dastur tuzishni boshlash mumkin. Ba’zilar birinchi o’rganish uchun JacaScriptni tanlab C hamda Java kabi murakkabroq tillarni o’rganishda nisbiy afzallikka ega bo’lishini aytib o’tishgan (aslida, Java hamda JavaScript o’rtasida ba’zi o’xshashliklar bor xolos). Bundan tashqari, agar professional darajada dasturlashni xohlasangiz, bugungi kunda JavaScriptga talab juda 

Bosh menyu🧾



Report Page