JavaScript

JavaScript

Leon - veb saytlar va dasturiy ta`minotlar ishlab chiqish hamda ta`lim

JavaScript dasturlash tili - frontend ya`ni kliyent tarafda turli xildagi ssenariy(skript)larni yozish imkoniyatini beradi.


Bu til o`rganish oson bo`lgan tillardan hisoblanadi. Shu bilan birgalikda hozirgi kunda uni imkon qadar o`zlashtirish har bir Web-master uchun zarur. Uni CSSdan keyin hamda PHPdan oldin o`zlashtirgan maqsadga muvofiq. Hozirgi kundagi haqiqiy zamonaviy saytlarni HTML, CSS va JavaScript imkoniyatlarini birlashtirgan holda yaratish mumkin. Bu birlashtirish DHTML (Dynamic HTML) deb ataladi hamda sahifaning istalgan tashqi ko`rinishini yaratish, shuningdek sahifalar interaktivligini sozlash imkonini beradi.


JavaScript dasturlash tili sahifalarni qayta yuklamasdan foydalanuvchi bilan muloqotga kirishish uchun ko`plab imkoniyatlarni beradi. Masalan, JavaScript yordamida formada kiritilgan ma`lumotlar to`g`riligini tekshirish (client-validation) mumkin. Bundan tashqari JavaScript yordamida sahifalar tashqi ko`rinishini noodatiy holatga keltirib, saytga tashrif buyuruvchilar e`tiborini tortadigan animatsiyalar yaratish mumkin.


Shuningdek, JavaScript formalardan uzatilgan ma`lumotlarni qayta ishlash, HTML teglari stillarini o`zgartirish, foydalanuvchilar turli xil harakatlarini qayta ishlash (masalan, klaviatura klavishini bosish, oyna razmerini o`zgartirish, sichqonchani harakatlantirish va hokazo) imkonini beradi.


Albatta bu tilning barcha imkoniyatlarini his qilish uchun undan o`z saytingizda foydalanishni o`rganishingiz kerak.


Report Page