Jack-quloqchin tirqishi va USB audio. Qaysi biri yaxshiroq?

Jack-quloqchin tirqishi va USB audio. Qaysi biri yaxshiroq?

BMBOX.COM

Apple kompaniyasi navbatdagi iPhoneni quloqchinlar uchun teshiksiz chiqarishi haqidagi mish-mish texnologiya dunyosini tashvishga solib qo‘ydi. 

Bugungi kunda sevimli tirqishning yo‘qolishi yomon fikr, deganlar ko‘p bo‘ldi, lekin shu bilan birga Lightning porti (yoki boshqa qurilmalardagi USB Type-C) bizning barcha audio talablarimiz kelajagi degan g‘oyalar ham mavjud.

Ular orasidagi asosiy farq shundan iboratki, 3.5 mm razyom stereo-audioni tirqish orqali uzatadi. USB audio esa raqamli ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri USB porti orqali uzatadi.

Endi har bir raqobatchini ko‘rib chiqish mumkin.

Quloqchinlar uchun tirqish

Standart 3,5 mmli TRS tirqish o‘nlab yillar davomida mavjud. Uning oson ishlashi eng yaxshi xususiyatidir. Uni faqatgina ulab qo‘ysangiz bo‘ldi.

Unda nega bir qator kompaniyalar, shu qatorda Apple ham ulardan qutilishga intilishyapti? Buning sabablaridan biri – kompaniya eskirgan standartlardan yangilari foydasiga voz kechganligidir. Ehtimol, kompaniya uchun bu ovoz uzatishning va Lightning porti bu vazifani qanday uddalay olishini ko‘rsatib berishning bir usulidir.

USB audio

Ishlab chiqaruvchilarning ta’kidlashlaricha, USB port yuqori sifatli siqilmagan toza raqamli tovushdan foydalanadi. Agar bizning quloqlarimiz raqamli audioga moslashgan bo‘lganda edi, bu qandaydir ma’noda haqiqatga yaqin bo‘lar edi. Bu ko‘proq marketing hiylasiga o‘xshaydi, chunki biz kerakli darajada kuchaytirib berilgan analog audio eshita olamiz.

Shunday qilib, USB audio toza raqamli tovush uzatganligi uchun yaxshiroq degan fikr bu – marketingning behuda gaplaridir, sababi qaysidir muddatga yetganda u ham analog ovozga aylanib yetib keladi va natija bir xil bo‘ladi.

Simsiz audio

Shu bilan birga simsiz quloqchinlar soni tobora oshib borishi kuzatilyapti. Ular xaridorlar orasida katta talab qozonib boryapti. Simsiz quloqchinlardan doimo USB audio orqali foydalanish mumkin. 

Aslida, bu taklifning afzalliklari juda ko‘p. Birinchisi bu – simlarning yo‘qligi. Sifatli Bluetooth quloqchinlardan foydalanishingiz bilanoq, simlarning yo‘qligidan siz aql bovar qilmas erkinlikni his qilasiz. Ovoz sifatiga kelsak, quloqchinlar ovozni juda yaxshi uzatadi va borgan sari takomillashib boryapti.

Qaysi garniturani tanlashingizdan qat’iy nazar, BMBOX.COM internet do‘konida siz trenddagi sifatli quloqchinlarni hamyonbop narxlarda sotib olishingiz mumkin.




Report Page