Italiya

Italiya

@Video_Xabar

Italiyaning turli shaharlarida istiqomat qiluvchi aholi vakillari koronavirus pandemiyasi tufayli mamlakatda joriy etilgan qat’iy karantin tufayli pulning keskin kamayib ketganidan shikoyat qilmoqda. Odamlar oziq-ovqat mahsulotlarini sotib ololmayapti, shu sabab ba’zilar supermarketlardan minimal miqdorda mahsulot xarid qilmoqda. Bu haqda Italiyaning “Huffington Post” gazetasi yozmoqda.

“Bizda bir yevro ham qolmadi. Bu ahvolda bir haftaga ham bora olmaymiz”, “Men ortiq chiday olmayman, bankrot bo‘ldim. Bizni ochlik o‘z komiga tortmoqda”, “Biz pul va taomsiz qoldik. Do‘konimni 20 kun oldin yopishdi, nimaning hisobiga tirikchilik qilaman?”, deb Palermo va Neapol aholisi so‘zlarini yozadi gazeta.
Italiyaliklarning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat uzoq vaqtdan beri karantinda. Ammo shu vaqt ichida odamlar ish haqini to‘lashni kafolatlash jamg‘armasidan hech qanday maosh olmagan. Bundan tashqari, ko‘pchilik ijara haqini to‘lashi kerak, chunki ularning kompaniyalari favqulodda holat rejimi joriy etilganidan beri yopilganligi sababli, xodimlarga ish haqini to‘lashda qiyinchiliklar paydo bo‘lmoqda. Ular hali ham davlatdan subsidiya olmagan. Bularning barchasi, ko‘pchilik ta’kidlanganidek, eng zarur mahsulotlar uchun pul taqchilligiga olib keladi. Ba’zilari mahsulotlarni supermarketlarda pul to‘lamasdan olishga harakat qilmoqda. Chiqish paytida ularni politsiya to‘xtatib qolmoqda.
“Agar italiyaliklar bolalarini boqish uchun pullari qolmasa, jinoyatga qo‘l urib bo‘lsa-da, supermarketlardni o‘zlari uchun oziq-ovqat oladi. Ular inqilob qilishadi”, deb yana bir italiyalikning so‘zlarini keltiradi “Huffington Post”.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Italiyada koronavirusga 92 472 nafar odam chalindi. 12 384 bemor shifo topgan bo‘lsa, 10 023 kishi vafot etdi.

📰Manbaa: Qalampir.uz


Kanalimizga Ulaning👇🏻

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFX7NsYY84t_Ti2Xyg


Report Page