Kelajakka sayohat

Kelajakka sayohat

Mirkomilov_M


Men sizga yoshligingizda berilgan savolni bermoqchi man. “Katta boʻsangiz kim boʻlmoqchi siz”. Qiziq savol shunday emasmi. Bu savolimga faqatgina maqsadi bor odam javob bera oladi deb hisoblayman. Chunki maqsadi yoʻq odam kelajagini oldindan koʻra olmaydi.

Buning uchun sizga kelajagi bor kasblardan biri kerar boʻladi. Eng koʻp oylik toʻlanadigan 10 ta kasblarga kiradigan kasb bu IT (ay-tiy) sohasidir. “information technologiyes” sohasi XXI — asirning eng kelajagi porloq kasblardan bori. Axborotga egalik qilgan, butun olamga egalik qiladi. Bizning zamonamizga, yaʼni axborot texnologiyalari va internet davriga mos bo'gan juda toʻgʻri fikr. IT-mutaxassislar dasturiy taʼminot yaratish, dastur fayllariga zarar yetkazadigan dasturlardan himoyalash bilan shugʻullanadilar. Hamda muhim maʼlumotlar oshkor boʻlishining oldini oladilar. Oʻrtacha maoshi: yiliga $24 000 dan $120 000 gacha. Bu oylikka ishlaydigan ishchilarning oʻrtacha oyligi. Bu sohani sa'nat darajasiga olib chiqqan dunyoning eng boy odamlarini 5 Tasini tanishtirib oʻtaman.

Bill Geyts

1. Bill Geyts – 79.2 mlrd dollar. U ayni paytda sayyoramizning eng boy odami hamdir. Microsoft asoschilaridan biri nafaqat eng yirik milliarder, u xayriyaga pul ajratish bo‘yicha ham birinchilikni zabt etgan. Ochiq manbalarga ko‘ra, 1994-2010 yillarda u Bill va Melinda Geystlar jamg‘armasiga 28 mlrd dollar kiritgan. 2010 yilda esa u barcha milliarderlarga boyligining yarmini xayriya ishlariga sarflashni taklif qildi.

Larri Ellison

 2. Larri Ellison – 54.3 mlrd dollar. Oracle asoschisi ilk bora Forbes ro‘yxatlarida 1986 yili tilga olindi – o‘shanda uning boyligi bor-yo‘g‘i 185 mln dollarni tashkil qilardi. 2014 yilning sentabridan milliarder o‘zi asos solgan kompaniya bosh direktorligini tashlab, korporatsiyaning dasturiy va apparat ta'minoti yo‘nalishini boshqarish bilan shug‘ullanib kelmoqda.

Jyeff Bezos


3. Jyeff Bezos – 34.8 mlrd dollar. Amazon internet do‘konlari tarmog‘idan tashqari, unga Blue Origin aerokosmik kompaniyasi hamda The Washington Post matbaa uyi ham tegishlidir. Uning faoliyati muvaffaqiyatsizliklardan ham holi emas: 2014 yili bozorga o‘z smartfonini chiqarishga bo‘lgan urinish omadsizlik bilan yakunlandi.

Mark Tsukerberg


4. Mark Tsukerberg – 33.4 mlrd dollar. Jahondagi eng yirik ijtimoiy tarmoq bo‘lmish Facebook.com asoschisi. Unga Instagram fotoservisi va WhatsApp messenjeri ham tegishlidir. Bundan tashqari, u jahon tarixidagi eng yosh milliarder hamdir. 2015 yil dekabrida Tsukerberg o‘zining qariyb butun boyligini xayriyaga sarflashini ma'lum qildi.

Larri Peyj


5. Larri Peyj – 29.7 mlrd dollar. Google kompaniyasi asoschilaridan biri. 2014 yili u uy uchun innovatsion texnika ishlab chiqaruvchi Nest Labs hamda kuzatuv kameralari ishlab chiqaruvchi Dropcam kompaniyalarini xarid qildi. Larri Sergey Brin bilan birgalikda Boeing 767 yo‘lovchi samolyotini xarid qilgan.

Bularni omadi bor deb oʻylayotgan boʻlsangiz kerak. Yoʻq omad harakat qilganlarga kulib boqadi. Men sizga IT sohasiga kiring deb aytmayman Sizga shunchaki kelajagi bor kasbni taklif qilaman. Chunki sizda ham kuch quvvat yetarli, gʻayratga toʻlib toshadigan paytingiz.“ Gazini bosing!“

Report Page