Bo'sh ish o'rni to'g'risida to'liq ma'lumot

Bo'sh ish o'rni to'g'risida to'liq ma'lumot

Азиз Илхамович

Siz serg’ayrat, tinim bilmas insonmisiz? Yoshlar va bolalar bilan ishlashni xush ko’rasizmi? Hattoki sport bo’yicha chet davlatlaridagi xizmat safarlariga borishga ham tayyormisiz? O’z faoliyatingizni sport sohasida ko’ra olasizmi? Yosh sport ustalari hamda chempionlarni dunyoga tanitishda o’z hissangizni qo’shishni istaysizmi? Demak sizning o’rningiz biz bilan! O’z ma’lumotnomangizni yi.tashkentcity@mail.ru elektron pochtasiga yoki @super8775mailru telegram manziliga yuboring va suhbatdan o’ting.

Sizni nimalar kutmoqda: eng ajoyib jamoa, bepul ingliz tili darslari, karyerangiz uchun haqiqiy zinapoya, futbol, basketbol, triatlon, marafon, hokkey, tennis, beysbol, badminton, velosport va barcha sport turlari sizning ixtiyoringizda.

- Toshkent shahar yoshlari oʼrtasida sport turlari boʼyicha musobaqalar, tanlovlar tashkil etishda kreativ gʼoyalar takliflariga tayyor boʼlishi;

- yoshlarning sport sohalaridagi ehtiyojlarini oʼrganib hamda ularning manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tadbirlar, loyihalarni amalga oshirish va oʼtkazish, tashabbuskorlik qobiliyatiga ega;

- tashkilot faoliyati yoʼnalishlari boʼyicha sport federatsiyalari, klublari va jamoalari bilan Ittifoqning munosabatlarini yoʼlga qoʼyish, oʼzaro aloqalarni tashkil qilishni amalga oshira olish;

- yoshlarni sogʼlomlashtirish yoʼnalishidagi Ittifoqning maqsad-vazifalarini hayotga tatbiq etish yuzasidan aniq takliflar, tadbirlar rejasi, loyihalar va dasturlarni ishlab chiqadi va bajarilishi boʼyicha hisobotlar tayyorlash tajribasiga ega.

Ish beruvchi: O’zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi.

Maosh: 2.000.000 dan 3.000.000gacha va undan yuqori!

Yosh: 20-30 yosh.

Ma’lumot: oliy.

Talab qilinadigan tillar: o’zbek va rus tillari (ingliz tili imkon qadar)

Murojaat uchun tel: 246-10-70/80

Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 2-uy

Mo’ljal: O’zbekiston milliy universiteti 

Biz sizdan faqatgina tashabbuskorlik va kreativ fikrlar kutib qolamiz! Agar o’zingizni eng zo’r deb hisoblasangiz biz tomon shoshiling!!! 


Ma’lumotnomalar 15-oktabrga qadar qabul qilinadi.

Report Page