IDEAL TA’LIM TIZIMIMIZNING MOHIYATI!

IDEAL TA’LIM TIZIMIMIZNING MOHIYATI!


IDEAL STUDY


Har bir davlat ta’lim tizimining o‘ziga xos qonun-qoidalari bor. Ular mamlakat an’analari, odamlarning dunyoqarashi, ta’limga bo‘lgan munosabat va boshqa sabablarga ko‘ra shakllanadi. Jonajon O’zbekistonimizda ham ta’lim tizimi va uni rivojlantirish bo’yicha istiqbolli rejalar ishlab chiqilgan va bu amaliyotga asta sekin tadbiq qilinmoqda. Shu jumladan  yaqindagina boshlang’ich 1-4 sinflar uchun tashkil qilingan “IDEAL STUDY” NTM Xususiy maktabimizning ham o’ziga xos TA’LIM TIZIMI va ISTIQBOLLI REJASI ishlab chiqilgan.

IDEAL TA’LIM TIZIMIMIZNING mohiyati bir necha bosqichlardan iborat.

Birinchi bosqich: boshlang’ich 1-4 sinf o’quvchilarini xoh u o’zbek sinfda o’qisin xoh u rus sinfda o’qisin Ingliz tili va Rus tilida bemalol erkin suhbat qura oladigan darajaga olib chiqish.

IDEAL STUDY

Ikkinchi bosqich: matematika, mental arifmetika, shaxmat bo’yicha o’quvchilarni mustaqil masala yechishga fikrlarini bir joyga jamlashga o’rgatish va eng asosiysi ushbu fanlarni o’quvchiga chuqur o’rgatish orqali bolaning chap miya yarim sharining ishlashiga ko’maklashish. (Bu Rivojlangan davlatlarda ayniqsa yaponlarda keng qo’llaniladigan usul) Chap miya yarim sharini ishlatmasdan turib, jahon tili (ingliz tili)ni o’rgatmasdan turib biz Prezidentimiz xohlayotgan yangi Beruniylar, Xorazmiylar, Forobiylar, Buxoriylar, Ibn Sinolar, Farg’oniylar, Ulug’beklar, Navoiylarni yetishtira olmaymiz.

IDEAL STUDY

Uchinchi bosqich: O’quvchilarni Prezident maktabiga  tayyorlash.

Shu o’rinda 4-sinfni bitirgan o’quvchiga Prezident maktabiga kirish imtixonida nimalardan imtixon bo’lishini ham eslatib o’tmoqchiman. 1-bosqichda matematika fanidan 30 ta test savollari beriladi. Belgilangan vaqt 90 daqiqa. Birinchi bosqich natijasiga ko’ra qabul kvotasida belgilangan har bir o’ringa 20 kishi hisobidan maksimal talabgorlar 2-bosqichda qatnashadi. (Bu degani Sirdaryo viloyatida tashkil qilingan Prezident maktabining 5-sinfiga 24 ta o’rin bo’lsa 1-bosqichda 1000 ta o’quvchi topshirgan bo’lsa shundan eng yuqori ball to’plagan 480 kishi 2-bosqichga o’tadi.)  2-bosqichga o’tgan talabgorlar uchun quyidagicha test topshiriqlari o’tkaziladi.

Ø Axborotni tahlil qilish va solishtirish qobiliyatini aniqlash bo’yicha – 16 ta masala;

Ø Mantiq elementlari bo’lgan matematika fanidan – 24 ta masala; (bu oddiy matematika emas)

Ø Ingliz tilidan 55 ta test

4-va 5-Sinf o’quvchilari to’plagan ballarning asosiy qismini (80 foizini) tanqidiy fikrlash va mantiqiy bilimni talab etuvchi topshiriqlarni bajarish orqali yig’ishlari mumkin. Ballarning 20 foizi ingliz tili faniga to’g’ri keladi.

IDEAL STUDY

Eslatma: Prezident maktabiga kirish imtixonlari nomzodlar ixtiyoriga ko’ra yoki davlat tilida, yoki ingliz tilida o’tkaziladi. (O'zbekiston Respublikasining davlat tili o'zbek tilidir. O’zR Konst. 4-modda.) Hozircha imtixon savollari Rus tilida berilmaydi. Ota onalar bu masalaga ham jiddiy qarashlari lozim.

MAQOLA MUALLIFI: “IDEAL STUDY” NTM DIREKTORI SHOISLOM BARATOV 


Report Page