iPhone’da ko‘rinmas sms yozish mumkin(mi?)

iPhone’da ko‘rinmas sms yozish mumkin(mi?)

🌐OLTIARIQ_TV

》》》》》》》》》》


@OLTIARIQ_TV


2016-yilda Apple ishlab chiquvchilari iMessage standart dasturining yangi versiyasini ishlab chiqarishgan edi. Mazkur yildan boshlab ishlab chiqarilgan iPhone va iPodlarga yanada qiziqarli funksiyalar o‘rnatila boshlandi. Ulardan biri ko‘rinmas sms yozish funksiyasidir. 

Apple’ning deyarli barcha qurilmalarida yuborilgan sms xabarlarni ekranni ochmasdan ham ko‘rish mumkin. Bu degani gadjetingiz Ayfon bo‘lsa istalgan kishi telefoningiz kodini ochmasdan turib ham sizga kim qanday sms yuborayotganini ko‘ra oladi. 

Bunday vaziyatning oldini olishda sizga iMessage ilovasi yordam beradi. U orqali ko‘rinmas xabar yuborish mumkin. Ya’ni bunda biror kimdan kelgan smslarni faqat telefonning egasi gadjet kodini ochib, sms xabarlarga kirgan holda o‘qiy oladi. 

Xo‘sh iPhone’ga ko‘rinmas xabar qanday yuboriladi?

1.  Xabar yozib bo‘lingach ko‘k rangli “yuborish(otpravit)” tugmasi bir necha soniya qattiq bosib turiladi.

2.  Ana shunda gadjet ekranida “Effektli yuborish” (отправить с эффектом) oynasi ochiladi. Undan siz “Ko‘rinmas siyoh”(Невидимые чернила) funksiyasini tanlaysiz.


 

3.  Keyin xabarni yuborish uchun ko‘k rangdagi “Yuborish” (Oтправить) tugmasini bosasiz.

Shuni unutmangki, bu faqat bepul iMessage xabarlari uchun amal qiladi. Pullik SMS-lar uchun ushbu parametr amal qilmaydi. (ularda xabar yuborish tugmasi yashil rangda bo‘ladi.)


Ko‘rinmas xabarni o‘qish uchun xabar ustini barmoq bilan bosib turish kerak bo‘ladi. 

Rasmlarni ham xuddi shu tarzda yuborish mumkin, ularni ko‘rish uchun ham rasm ustini barmoq bilan bosib turish zarur. 


Report Page