INTERVYU

INTERVYU

Tuzuvchi: To'raboyev Behzodjon
INTERVYU


  Ommaviy axborot vositalarida keng qo'llaniladigan axboriy janrlardan biri intervyudir. Bu so'z inglizcha bo'lib «so'rab olish, surishtirish» degan ma'noni bildiradi. Mazkur janrning jurnalistikada keng uchrashining sababi shundaki hayotdagi xar bir fakt, voqea va xodisaning qanday bo'lib o'tganligi, tafsiloti odatda shu faktdan xabardor bo'lgan, voqea, xodisani ko'rgan-bilgan odamlardan so'rab-surishtirib bilinadi, keyingina biror janrdagi jurnalistika materialiga asos bo'ladi. Shu boisdan so'rash, surishtirish avvalo, hayotni bilish vositasi bo'lsa, uning jurnalistikadagi aksi esa axboriy publitsistikaning eng muhim, keng tarqalgan, ommabob janri xisoblanadi.

Bu janr jamiyat xayotining barcha — ijtimoiy-siyosiy,iqtisodiy-ishlab chiqarish, madaniy-ma'naviy hayotining barcha soxalarida qo'llaniladi. Shu bilan birgalikda u ommaviy axborot vositalari - gazetalar, jurnallar, radio, televideniya, axborot agentliklari, internetdan doimiy joy olib keladi. Avvalo intervyu rasmiy va norasmiy xillarga bo'linadi. Rasmiy intervyular asosan hukumat rahbarlarining faoliyati bilan bog'liq bo'lgan biror muxim voqea - rasmiy uchrashuv, safar, yirik anjuman va zarur sanalarga va boshqa davlat ahamiyatiga ega bo'lgan tadbirlarga bag'ishlanib o'tkazilgan press- konferensiyalardan beriladi.

Norasmiy intervyu esa jurnalistlar tomonidan u yoki bu voqea, xodisa haqida yoziladi.

Intervyu shakl jixatidan ikki xil — axboriy va taxliliyga bo'linadi. Axboriy intervyuda surov, surishtiruv natijasida olingan fakt, aniqlangan voqea va xodisa haqida xabar qilinadi hamda bu xabar, axborot kim tomonidan aytilganligi, fakt va ma'lumotlar kimdan olinganligi aytilib, qisqacha tarzda berilishi mumkin.  Bu jixatdan u xabar janriga yaqin turadi. Taxliliy intervyu esa suxbat deb ataladi va unda taxliliy publitsistika xususiyatlari asosiy o'rin egallaydi. Shuni ta'kidlash lozimki, ko'p hollarda intervyuning axboriy va taxliliy xususiyatlari birlashib ketishi, ya'ni u orqali ham xabar va ma'lumotlar berilishi va fikr-muloxazalar bildirilishi ham mumkin.

    O'z tuzilishi jixatidan intervyu ikki xil- intervyu dialog va intervyu monolog shaklida ham bo'lishi mumkin. Intervyu dialogda muxbir va suxbatdosh o'zaro savol-javob qilishadi. Bu savol-javob tayyorlanish jarayonida to'g'ridan- to'gri og'zaki ko'rinishda yoki yozma savol-javob tarzida olib boriladi. Respublikamizning mashxur kishilari, fan arboblari, yozuvchilar, sanatkorlar, ishlab chiqarish ilg'orlari, tadbirkorlardan olingan intervyular jurnalistikamizda, radio va televideniyada turli ruknlar ostida tez-tez berib boriladi.

Ko'rinib turibdiki, intervyu janrining bu asosiy ko'rinishi jamiyat hayotining barcha muxim tomonlari haqida xabar berishda keng qo'llaniladi.

Intervyuning ikkinchi bir ko'rinishi intervyu monolog bo'lib, unda muxbir bergan birgina savolga suxbatdosh tomonidan berilgan javobda o'z aksini topadi. Bunday intervyu odatda hayotdagi birorta muxim ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy- ma'naviy masala yoki muammoni yoritish uchun qo'llaniladi. Bunda suxbatdoshning javobi uning tilidan yoki jurnalistning tilidan, sharxlanib berilishi mumkin. Bunday intervyu odatda hajm jixatdan dialog-intervyudan kichikrok bo'ladi.

Intervyuning yana bir shakli jurnalistika anjumani — press-konferensiyalardan olinadi va ularda ommaviy axborot vositalari muxbirlariga hayotning muxim masala va muammosi haqida ma'lumot beriladi hamda jurnalistlarning savollariga javob qaytariladi. Bu usul umumjaxon miqyosida keng qo'llanilib kelinadi. Respublikamizda ham ijtimoiy hayotning muxim masalalari bo'yicha press-konferensiyalar muntazam ravishda o'tkazib turiladi.

MENYU

Report Page