Intervyu

Intervyu


• Assalomu alaykum, temiryo‘lchi bo‘lmaganingizda qanday kasbni tanlagan bo‘lar edingiz?


- Vaaleykum assalom, bu sohaga qiziqishim bolaligimdan bor. Shu sababli temir yo‘l sohasida o‘qidim va ishlab kelyapman.


• Ustoz-shogird an'anasiga qanday qaraysiz? Sizning ish faoliyatingizda ustozlaringizning o‘rni qanday?


- Seximizda ustoz-shogird an'anasi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Men ham ustozlarim Bahodir Teshaboyev va Toxir Shukurovlardan ko‘p narsalarni o‘rganib, o‘z tajribamni orttirib kelmoqdaman.


• Ishdan tashqari vaqtingizda nimalar bilan shug‘ullanasiz?


- Ishdan bo‘sh vaqtlarimda qishloq xo‘jaligi ishlari bilan shug‘ullanaman. Makkajo‘xori va sabzavodlar yetishtiraman. Dalada mehnat qilishning ham o‘ziga yarasha zavqi bor.

• Kelajakdagi orzularingiz qanday?


- Kelajakdagi orzuim tajribali teplovoz mashinisti bo‘lish!


• Hamkasblaringizga bayram tilaklaringiz.


- Temir yo‘l xizmatida mehnat qilayotgan barcha ishchi-xodimlarni kasb bayrami bilan tabriklayman! Mehnat faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!

Report Page