Interview

Interview

CHAMPION TV

Viktor Kumikov: “Guruhimizdagi jamoalarning imkoniyati teng”

Xabaringiz bor, oʻtgan hafta Oʻzbekiston Kubogi oʻyinlariga qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtdi. Unda “Andijon” jamoasi oʻrin olgan “A” guruhida AGMK, “Metallurg” va “Navbahor” jamoalarini ham koʻrish mumkin. Xoʻsh, bu borada “Burgutlar” ustozi Viktor Kumikovning fikrlari qanday? Rossiyalik murabbiy Kubok doirasida jamoasiing guruhdan keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini qanday baholaydi? Shu va boshqa savollarga javob olish maqsadida Kumikov bilan bogʻlandik. 

- Viktor Balyutovich, Oʻzbekiston Kubogiga tashlangan qurʼa marosimidan keyingi fikrlaringiz bilmoqchi edik? 

- Kubok oʻyinlariga qurʼa tashlash marosimi televideniya orqali onlayn boʻlgani uchun unda ishtirok etish imkoni boʻlmadi. Natijalarni internet orqali bilib oldim. Shuning uchun bu borada tayinli fikr bildirishim qiyin. 

- Kubok formatining bu yilgisi avvalgisiga nisbatan farq qiladi. Shu toʻgʻrisida nima deysiz? 

- Guvohi boʻlib turganingizdek, pandemiya sababli bugungi kunda Oʻzbekistonda karantin davri anchagina kuchaytarilgan. Bularning bari xalqning sogʻligini oʻylab qilinayotgan ishlardir. Inson uchun eng avvalo salomatlik birinchi oʻrin turadi. Hozirda Oʻzbekistondagi vaziyatdan kelib chikkan xolda jamoalarni guruhlarga boʻlingani balkim toʻgʻri qaror deb oʻylayman. 

- Boshqaruvingizdagi “Andijon” jamoasi oʻrin olgan “A” guruhi boʻyicha nima deysiz? 

- Bilasizmi Kubok oʻyinlarida barcha jamoalarning imkoniyati teng deb hisoblayman. Har bir oʻyinga shogirdlarimni faqat gʻalaba uchun tayyorlayman. Imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanishga xarakat qilamiz. 

- Keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini qanday baholaysiz?

- Yuqorida aytib oʻtganimdek, guruhimizdan oʻrin olgan barcha jamoaning keyingi bosqichga chiqish imkoniyati bir xil. Kubok va chempionat oʻyinlari bir-biridan farq qiladi. Nasib qilsa mamlakat Kubogida ijobiy natija qayd etishga xarakat qilamiz.


Rustamxo'ja Nabixo'jayev tayyorladi!

Report Page