ONLAYN' haridlar haqida nimalarni bilasiz?

ONLAYN' haridlar haqida nimalarni bilasiz?

Ovoza

@Ovoza kanalida e'lon qilingan tanlovga ikkinchi 01/2 raqamli ishtirokchimiz @Jurnalist2900 tomonidan yuborilgan maqolaga baho bering. Ovoz berish 7 yanvar kunidan boshlanadi!

Internet do'kon (ingl. online shop yoki e-shop) — Internet tarmog'i orqali mahsulotlarni sotish uchun mo'ljallangan sayt bo'lib, uning yordamida uyingizdan chiqmagan holda istalgan mahsulotingizga buyurtma berishingiz hamda shu yerning o'zida mahsulot uchun elektron hamyonlar orqali to'lovlarni amalga oshirishingizga xizmat qiladi. Hozirgi kunda juda ko'plab mashxur internet do'konlar onlayn xaridni yengillashtirish uchun smartfonlar uchun mahsus dasturlar ham ishlab chiqishgan. Onlayn do'konlarning asosiy qulayligi yuqorida aytib o'tganimizdek, uyingiz yoki ofisingizga mahsulotni eltib berishidan tashqari 24 soat mobaynida uning yordamida izlagan narsangizni bir zumda topib, vaqtingizni va quvvatingizni tejashingiz kafolatlanadi.

Bizning yurtimizda ham zamonaviy texnologiyalar jadal ravishda kirib kelishi bilan o'zimizning milliy internet do'konlarimizga ham tamal toshi qo'yildi. Ammo, hozirda omma orasida anchagina mashxurlikka erishib borayotgan, uzoq mamlakatlarga ham eltish xizmatini kafolatlaydigan, jahon standartlariga javob beruvchi horijiy internet do'konlari foydalanuvchilar soat sayin ko'paymoqda. Bunday do'konlarga misol qilib, Amazon, eBay, Aliexpress, GearBest va boshqalarni keltirishimiz mumkin. Bu do'konlardan haridni amalga oshirish uchun esa bizdan albatta horijiy valyutaga asoslangan onlayn hamyonlar talab etiladi.

Keyingi maqolalarda esa sizlar bilan ko'pgina horijiy mamlakatlarga o'z narxlari bilan shuhrat qozonib kelayotgan Aliexpress onlayn do'koni hamda elektron hamyon ochish to'g'rida suhbat quramiz. @Ovoza kanalida qolishingizni tavsiya etamiz!

@OVOZA - zamonaviy, ilmiy-ommabop qiziqarli va samimiy kanal

Report Page