Qo'llanmalar

Qo'llanmalar


Haftalik sovrinlar o’yinida ishtirok etish uchun “Orzuingizdagi jamoa” plakatiga stikerlarni qanday biriktirish kerak.

1. Siz “Orzuingizdagi jamoa”ni tasodifiy ravishda istalgan o’yinchini har qanday katakka yopishtirish orqali to’plashingiz mumkin. Ammo, agar siz o’zingizning “Jamoangizni” Telegram botda ro’yxatdan o’tkazmoqchi va haftalik sovrinlar o’yinida ishtirok etmoqchi bo’lsangiz, “Orzuingizdagi jamoa”ni biz quyida bayon etgan Qoidalarga muvofiq yig’ish kerak.

Plakatda 17 ta katak mavjud. Haftalik sovrinlar o’yinida ishtirok etish uchun siz ushbu kataklarning barchasini to’ldirishingiz kerak.

2. Plakatda 17 ta katakcha joylashgan - bu “Orzuingizdagi jamoa”ning o’yinchilari (11 ta asosiy o’yinchi va 5 zaxiradagi) va yana bitta katak (dumaloq) sizning sevimli klubingiz (Team Logo) logotipidir. O’zingizning jamoangizni istalgan maydon o’yinchilaridan ixtiyoriy ravishda to’plashingiz mumkin, ammo darvozada albatta darvozabon bo’lishiga e’tibor berish shart.

3. O’yinchi bilan stiker ikki qismga bo’lingan - futbolchining portreti va maydondagi o’yinchi. Portret qismini to’rtburchak katakka yopishtiring va futbolchining “maydon” rasmini futbol maydoniga joylashtiring. Agar siz o’yinchi portretini “10” raqami turgan katakchaga yopishtirgan bo’lsangiz, u holda mazkur o’yinchi maydonda ham “10” raqamli katakchada joylashtirilishi kerak.

Panini oltin o’yinchilari

4. Agar siz jamoangizda eng yaxshi o’yinchilar bo’lishini istasangiz, ularni maxsus “oltin stikerlar”dan qidiring (odatda har bir stikerda bitta “oltin” o’yinchi bo’ladi). Shuningdek, siz kerak bo’lgan o’yinchilarni (agar mavjud bo’lsa) bizning bot orqali chegirmali narxda va uyga yetkazib berish xizmatidan foydalanib sotib olishingiz mumkin - @KupiPanini_bot

To’g’ri to’plangan plakat

5. Panini FIFA365 kolleksiyasida 494 ta stiker mavjud, ulardan 400 ta stikerlar - 25 ta eng super klublarning o’yinchilari, 21 ta stikerlar - klub logotiplari, 2 ta stikerlar – “Futbol afsonalari”, 5 ta stiker – “Tanilayotgan yulduzlar”.

Panini FIFA365 to’plamidagi 66 ta stiker plakatni to’plash uchun ishlatilmaydi, lekin ularni Panini FIFA365 2019 albomiga yig’ish mumkin.

6. Har bir jamoada qaysi futbolchilar borligini bilish, shuningdek sizga kerak bo’lgan o’yinchining stiker raqamini topish uchun quyidagi havolaga o’ting.

7. “Orzuingizdagi jamoa”ni to’plagandan so’ng uni @PepsiTeam_bot  Telegram botida ro’yxatdan o’tkazishingiz kerak. Buni amalga oshirish uchun plakatning pastki qismida joylashgan shaxsiy (noyob) kodni yuboring. 

8. Kodni yuborganingizdan so’ng, plakatning sifatli fotosuratini rasmga oling (plakatdagi kod aniq ko’rinishi kerak) va uni botga yuboring. Agar siz hammasini to’g’ri bajargan bo’lsangiz – sizning “Orzuingizdagi jamoa” haftalik sovrinlar o’yinida ishtirok etish imkoniyatini qo’lga kiritadi!

“Orzuimdagi jamoa” rasmlariga qo’yiladigan talablar to’g’risida batafsil ma’lumotlarni bu yerda o’qing.

Report Page