instagram_verification

instagram_verification

Dilnora Saidova

  Instagramda “tekshirilganlik”(verifikatsiya) belgisi

Albatta hech kimga sir emas-ki ko’pchilik o’z Instagram profili oldida moviy belgicha bo’lishini xohlashadi. Afsuski, verifikatsiyadan o’tish jarayoni ko’ringaniga qaraganda ancha murakkabroq. Tarmoq hodimlari ushbu masalaga individual yondashishadi, buning uchun so’rov yuborish hamda xizmat uchun xaq to’lash imkoniyatlari yo’q. Shunga qaramasdan bir qancha urinishlar sizning bu yo’ldagi imkoniyatlaringizni oshirishi mumkin. Boshqa foydalanuchilar bilan ko’roq aloqaga chiqishni boshlang va muntazam ravishda bir qancha ijtinoiy tarmoqlarda faollik ko’rsating. “Tekshirilgan” belgili foydalanuvchiga aylana olmasangiz ham, hech bo’lmagan taqdirda kuzatuvchilaringiz sonini oshirasiz va o’z profilingiz haqiqiyligini isbotlay olasiz.

Bu maqolada:

Qanday qilib “tekshirilganlik” ya’ni verifikatsiyadan o’tish uchun imkoniyatlarni ko’paytirish;

Qanday qilib kuzatuvchilar sonini ko’paytirish;

Qanday qilib keng tarqalgan xatolarni takrorlamaslik kabi savollarga javob olasiz.

I usul – Qanday qilib “tekshirilganlik” ya’ni verifikatsiyadan o’tish uchun imkoniyatlarni ko’paytirish?



  1. Sahifangiz haqiqiyligiga urg’u bera oladigan ma’lumotlar joylashtiring. 

Instagram tarmog’i tekshirilganlik belgisini faqatgina o’zining sahifasini o’zi yoki ijtimoiy tarmoq menejerlari xizmatlaridan foydalanish orqali yuritadigan foydalanuvchilarning sahifalariga biriktiradi. Biroq shunchaki ularning muxlislari yoki ularga taqlid qiluvchi foydalanuvchilar bundan mustasno. Agarda moviy belgiga ega bo’lmoqchi bo’lsangiz, unda haqiqatda shu o’zingizga tegishli bo’lgan  – selfi, oilaviy va uy hayvonlarining suratlari va boshqa shu turdagi shaxsiy ma’lumotlarni akkauntingizga joylshingiz kerak bo’ladi.

  • Standart peyzaj yoki xozirda ko’p tarqalayotgan yozuvli rasmlar (ya’ni memlar)ni har kim yuklay oladi. Shuning uchun faqatgina siz yarata oladigan o’ziga xos nashr mahsulotlari(publikatsiyalar)ga diqqatingizni qarating.
  • Boshqa ijtimoiy tarmoqdagi sahifalaringizning havolalari bilan bo’lishish ham foydadan holi bo’libgina qolmay, ular sizning urunishlaringiz haqqoniyligini yana bir karra isbotlab o’tadi (ayniqsa “tekshirilganlik” belgisi bo’lganda).

2. Facebok tarmog’iga “tekshirilganlik”(verifikatsiya) belgisini olish uchun so’rov yuboring.

Facebookda “Sozlamalar: bo’limini oching, “Umumiy” buyrug’ini bosing va “Shaxsni tasdiqlash” tugmasini bosing. Keyin esa “Boshlash”ni bosing. Profilga kirish uchun kerak boladigan bir martalik kodni olish uchun o’zingizning telefon raqamingizni kiritish kerak bo’ladi.

  • Xuddi Instagramda bo’lganidek Facebookda ham shaxsni tasdiqlovchi o’ziga xos, sizning da’voingizni oqlaydigan ma’lumotlar jamlangan bo’lishi lozim.
  • Shaxsiy yoki korporativ Facebook profilingizni “tekshirilganlik”(verifikatsiya)dan o’tkiza olsangiz Instagramda ham imkoniyatlaringizni yetarli darajada ko’paytira olasiz.



3. Boshqa ijtimoiy tarmoqlarda o’z obro’ingizni oshiring.

Sizning nomingiz nafaqat Instagramda mashxur bo’lishiga harakat qiling. Masalan, qo’shiqchilar o’z chiqishlari aks etgan videolarni YouTube tarmog’iga joylashlari, yoki bo’lmasa yaqinda bo’ladigan konsert dasturini Twitterda e’lon qilishlari mumkin. Qanchalik sizni va sizning brendingizni tanib qolishsa, siz xohlagan moviy belgini olish shunchalik osonlashadi.

  • Instagramda “tekshirilganlik”(verifikatsiya)dan har kim ham o’ta olmaydi. Odatda buning uchun mashxur bo’lish yoki juda ko’p kuzatuvchilarga ega bo’lish talab etiladi.
  • “Tekshirilganlik”(verifikatsiya)dan o’tishni xohlagan kompaniyalar ham yetarlicha mashxur bo’lishlari kerak. Kompaniya vakillari esa turli xil tez tarqaladigan – reklama xarakteridagi videolar va chegirmalarga reklama kodlari turidagi nashrlar(publikatsiyalar)ni ijtimoiy tarmoqda o’z mavqeini saqlab turish uchun e’lon qilishi kerak.



4. Instagramdagi tanishlaringizdan “tekshirilganlik”(verifikatsiya)dan o’tkazib berishini so’rang.

Agar sizning biror do’stingiz yoxud qarindoshingiz Instagramda ishlasa, unda shu shaxsiy masalada yordam so’rab ko’ring. Juda ham muloyimlik bilan vaziyatingizni tushuntirib, boshqacha usulda minnatdorligingizni bildirishingizga to’gri keladi. Chunki ushbu harakatlar kompaniya qoidalariga umuman zid.

  • Unchalik tanish bo’lmagan taqdiringizda “qora bozor” ya’ni pora taklif qilib ishingizni bitirishingiz mumkin.
  • Sizning reklama bo’yicha vakilingiz yoki profilingiz boshqaruviga ma’sul raqamli agentlik ham bu masalani sizning nomingizdan hal qilishi mimkin.



II usul – Qanday qilib kuzatuvchilar sonini ko’paytirish?



  1. Mashxur xeshteglar ishlating. 

Bu Instagramda ma’lumot qidirishning eng ommalashgan turi hisoblanadi. O’z ma’lumotlaringiza mashxur xeshteglarni belgilang, shunda boshqa foydalanuvchilar ularni tezda topla olishadi. Agar u insonlarga sizning nashrlaringiz(publikatsiyalaringiz) ma’qul tushsa sizga sizning sahifangiz kuzatuvchisiga aylanishi mumkin.

  • Eng ko’p tarqalgan Instagramda xeshteglardan bular #instagood (ingliz tilidan tarjimasi: #instayaxshi), #photooftheday (ingliz tilidan tarjimasi: #kunfotosi), #россия (#rossiya), yana umumiy ma’nodagi #любовь (rus tilidan tarjimasi: #sevgi), #путешествия (rus tilidan tarjimasi: #sayohatlar), #друзья (rus tilidan tarjimasi: #do’stlar) va #приключения (rus tilidan tarjimasi: #sarguzashtlar).
  • Shaxsiy va korporativ xeshteglar ishlating. Masalan, siz xajviy sahna ko’rinishlari bilan shug’ullansangiz xeshteglardan professional terminlar sifatida foydalaning.
  • Trendlarga e’tiborli bo’ling. Xeshteglar orqali ko’pchilik mahxur madaniyat va bolayotgan voqealarni muhokama qilishadi.



2. Ko’proq boshqa foydalanuvchilar bilan o’zaro aloqa qiling.

Boshqalarning profilida faollik ko’rsatish bu – deyarli kuzatuvchilar ko’paytirishning 100%lik usuli hisoblanadi. Mashxur xeshteglarning tasodifiy nashrlariga doimo baho berishga harakat qiling va mashxur kishilarning nashrlariga o’ylatadigan xamda ruhlantiradigan izohlar qoldiring. Sizni payqashlari uchun o’zingizni ko’rsating.

  • Egoistik va tushkun ruhdagi izohlardan xoli bo’ling. “Menga ergashing!” (“Подпишись на меня!”) qabilidagi izohlar bilan faqat boshqalarni g’ashlantirishingiz mumkin xolos. Yaxshisi, ko’ringan narsalarga fikr bildiring: “Qanday yoqimtoy mushukcha ekan-a?! Menda ham ikkita Bengaliya mushuklari bor!”



3. O’z Instagram sahifangizni boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham ommalashtiring. 

Agar siz boshqa tarmoqlarga ham ulangan bo’lsangiz o’z Instagram sahifangizni ham ulab qo’yishni unutmang. Instagramdan Facebook va Twitterga parallel tarzda nashrlar(publikatsiyalar) qilish mumkin yoki “Men haqimda” bo’limida sahifangizga taklif qilish sifatida Instagram profilingizning havolasini qoldirishingiz mumkin.

  • Nashrlaringizni qisman yuklang, Instagram sahifangizga boshqalarni jalb qilishda bu muhim (aks holdaTwitterda hammasini ko’rib bo’lgan kishiga sizning Instagram sahifangiz qiziq bo’lmaydi).



4. Yangi rasm va videolarni 11:00dan 13:00gacha va 19:00dan 21:00gacha joylashtiring.

Tushlik va kechgi vaqt nashrlar(publikatsiyalar) uchun “oltinga teng vaqt” hisoblanadi. Izalnishalr aynan shu vaqtdagi nashrlar(publikatsiyalar) ko’proq “Yoqdi” va “Ulashish” belgilarini oladi, chunki tarmoqning ko’pgina foydalanuvchilari aynan shu vaqtlarda faol bo’lishadi.

  • Bunda vaqt zonasini ko’zda tutushingiz kerak bo’ladi. Uyg’onish vaqti, ish va uyqu vaqtlari yashash manziliga qarab biroz farq qilishi mumkin.
  • Nashrlar(publikatsiyalar) boshqa “noaktiv vaqt”da yuklangan bo’lsa kam e’tibor tortishi mumkin.



5. Biografiyangizda ko’proq kuzatuvchi yig’ish uchun xeshteglardan foydalaning.

O’z biografiyangizni ko’proq insonlar ko’rishini istasangiz matningizda birnechta xeshteglardan foydalaning. Bunday usul bilan sizning sahifangiz boshqalarning qidiruvida ko’proq ko’zga tashlanadi. Oddiy nashrlar(publikatsiyalar)ga ham umumiy va ommaviy bo’lgan xeshteglardan foydalanish darkor.

  • Xeshteglarni tayyor reklama quroli sifatida qabul qiling. Masalan agar siz Sochida yashasangiz va ovqat tayyorlashni xush ko’sangiz, o’z biografiyangizga quyidagilarni yozib qo’yishingiz mumkin: “#sochida katta oshpaz yordamchisi. Sevimli mashg’ulotim – #o’rtayerdengizi #oshxonasi”. 



III usul – Qanday qilib keng tarqalgan xatolarni takrorlamaslik?



1. Kuzatuvchilarni sotib olmang. 

Ba’zi bir saytlar vizual tarzda o’z auditoriyangizni soxta kuzatuvchilarga ko’paytirib olishni taklif qiladi. Shunga qaramay Instagram xodimlari sahifalarni tekshirishayotganda sotib olingan va haqiqiy kuzatuvchilarni osonlik bilan aniqlashadi. Shu sababli bunday ikkilantiruvchi takliflarga rozi bo’lishga shoshilmay o’z sahifangizni haqqoniy yurg’izishingiz – qiziqarli nashrlar(publikatsiyalar) va ma’lumotlarni ko’rsatilish bo’yicha yuqoriga chiqishi uchun joylashingiz kerak.

  • Bunday strategiya albatta samarali ko’rinishi mumkin, lekin Instagram ko’zbo’yamachiligingiz uchun sizga moviy belgini rad qilishi ham mumkin.



2. Izohlardan spamni o’chirib tashlang.

Yangi va avtomatlashtirilgan akkauntlar ba'zida izohlarda qoldirgan iboralari orqali “Yoqdi” yoki javob izohlar kutishadi va obuna bo'lishga undashadi.  Ushbu fikrlarning aksariyati profilingizni tushunilishga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin, chunki foydalanuvchilar sizni obunachilarni sotib olmoqdasiz yoki har qanday e'tibor sizni qoniqtiradi deb o'ylashlari mumkin.  Agar siz soxta foydalanuvchilarning shubhali izohlarini sezsangiz, darhol ulardan qutulishingiz yaxshiroqdir.

  • Bunday sharhlar odatda umumiy xarakterga ega va ko'pincha material bilan umuman bog'liq emas.  Siz tez-tez takrorlanadigan "Yoqimtoy rasm!", "Chiroyli!", "Menga yoqdi!" kabi iboralarni shubhali foydalanuvchilar tomonidan topishingiz mumkin.
  • Eski xabarlardagi yangi izohlarga e'tibor bering.  Soxta foydalanuvchilar ko'pincha bunday sharhlar uchun fotosuratlar va videolarni tasodifiy tartibda tanlab olishadi.



3. Instagram hamjamiyatiga oid ko'rsatmalarga amal qiling.  

Agar hali foydalanuvchi shartnomasini bilan o'qimagan bo'lsangiz, ijtimoiy tarmoq qoidalarini buzadigan materiallarni joylashtirmaslik uchun diqqat bilan o’qib chiqishingiz kerak. Instagram qo'pol qoidabuzarliklar sodir etgan profil egasiga “tekshirilganlik”(verifikatsiya) belgisini berishi dargumon.

  • O'zingizga tegishli rasm va videolarni joylashtiring.  Agar siz juda taniqli bo'lsangiz ham, mualliflik huquqi bilan himoyalangan materialni sizning nomingizdan chop etish qat'iyan rad etiladi.
  • Zo'ravonlik, ochiq-oydin va axloqsiz ruhidagi materiallarni nashr qilmang.
  • Har doim nashrning ostidagi suhbatni to'ldiradigan muloyim va foydali sharhlarni qoldiring.  Nomaqbul so'zlarni ishlatganda va adovatni qo'zg'atganda, sizning sahifangiz bloklanishi mumkin.



Maslahatlar

  • To'g'ri hashtaglardan foydalaning va ko'rishlar sonini oshiring, shunda sizning postingiz “Qiziqarli” sahifasida paydo bo'ladi.  Shundan so'ng, kuztuvchilar soni sezilarli darajada oshadi.
  • Agar siz shu qadar mashhur bo'lsangiz, sahifangizning klonlari(ya’ni taqlidchilaringiz) tarmoqda paydo bo'la boshlasa, Instagram foydalanuvchilarni chalg'itmasligi uchun profilingizni “tekshirilganlik”(verifikatsiya)dan o’tkazishdan boshqa chorasi qolmaydi.
  • Agar orzu qilingan belgini ololmasangiz, tushkunlikka tushmang.  Noyob kontentni yaratish, do'stlar bilan aloqada bo'lish va shaxsiy brendingizni yoki kompaniyangizni targ'ib qilish uchun Instagram xizmatlaridan foydalanishda davom eting.



Ogohlantirishlar

  • Agar siz jamoat a'zosi bo'lsangiz ham, Instagram xodimlari sizning profilingizni tekshirish uchun tanlab olishlariga kafolat yo'q.

Report Page