INFORMATIKA

INFORMATIKA

: → 10 maktab 7-sinf o'quvchilari uchun tayyorlandi. O'qituvchilar: Xamidjanova Nigora, Pozilova Muqaddam, Atadjanov Azizbek

30-noyabr Xalqaro axborotni himoya qilish kuni

1988-yilda Amerika kompyuter uskunalari assotsiatsiyasi 30-noyabrni Xalqaro axborotni himoya qilish kuni (Computer Security Day) deya e’lon qildi.


Ushbu kunni e’lon qilarkan, mazkur Assotsiatsiya barchaga kompyuter axborotlarini himoya qilish zarurligi, shuningdek, uskunalar va dasturiy vositalar ishlab chiqaruvchilari hamda foydalanuvchilari e’tiborini xavfsizlik masalalariga qaratishni maqsad qilgan.


Bejiz ushbu kunga aynan 1988-yilda asos solingan emas, shu yili ilk marotaba o‘z kashfiyotchisi – Morris ismini olgan “chuvalchang” epidemiyasi birinchi marotaba ommaviy tarzda tarqalganligi qayd etilgan. Xuddi shu davrda mutaxassislar axborot xavfsizligini ta’minlash masalalariga kompleks yondashuv zarurligi haqida bosh qotira boshlaydilar. Biroq kompyuter virusining dastlabki timsoli 1983-yildayoq paydo bo‘lgan edi.

SO'NGI YILLARDA ENG KO'P TARQALGAN VIRUSLAR


WannaCry virusi bloklab qo‘ygan kompyuterlarning shifrini yechish uchun WannaKey hamda Wanakiwi dasturlari yaratilgan

Android tizimining xavfsizligidagi «tirqish»lar xususidagi, unga tushadigan viruslar. Dvmap virusi, «yashil robot»ni zararlovchi viruslar, Android-gadjetlarni «g‘ishtga aylantiruvchi» virus

“Doctor Web” jamoasi Android platformasida ishlaydigan qurilmalarga hujum qilayotgan yangi zararli dasturni aniqladi.

Android.Skyfin.1.origin nomli ushbu dastur qurilma tizim katalogiga yashirincha zararli kodlarni o‘rnatadigan boshqa troyan viruslar yordamida yuklab olinadi (root-huquq olish paytida). Skyfin ishga tushgach, Play Market protsessiga smartfon identifikatori va foydalanuvchi hisob qaydiga doir ma’lumotlarni o‘g‘irlaydigan qo‘shimcha modulni joriy qiladi. Shundan keyin mazkur ma’lumotlar boshqaruvchi serverga yuboriladi.

ESLATMA

Google kompaniyasi Android.Spy.305.origin virusi aniqlangani haqida ma’lum qildi. Biroq ayrim zararlangan dasturlar Google Play maydonida yuklab olish uchun hali ham turibdi. 

QUYIDAGI DASTURLARNI YUKLAB OLMANG ZARARLANGAN DASTURLAR

Ular : → MaxMitek Inc, Fatty Studio, Gig Mobile, TrueApp Lab, Sigourney Studio, Doril Radio.FM, Finch Peach Mobile Apps va Mothrr Mobile Apps dasturiy ilovalarini uchratish mumkin.

VAZIFA: O'qib chiqib va konspekt qilinglar


Report Page