Info

Info

World Andrology Association (Uzbekistan)

Jinsiy aloqadan erta bo‘shalish kasallikmi?

Erta bo‘shalishga tashxis qo‘yish uchun bugungi kungacha aniq kriteriylar belgilanganicha yo‘q. Funksional aktiv, rigid jinsiy olatni vagina (ayol jinsiy a’zosi)ga kirganda qancha muddatdan IVELT (intravaginal ejaculatory latency time) so‘ng eyakulyatsiya ro‘y berish vaqti juftlarga ko‘ra turli tumandir. Jinsiy hayotidan rozi juftlardan o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra IVELT 9 bilan 14 daqiqa orasidaligi aniqlangan. Lekin, o‘tkazilgan ilmiy ishlar natijasiga asoslanib, davolash kriteriysi qilib 3-6 daqiqa ostidagilar belgilab olingan.

Erta bo‘shalishning 2 tipi mavjud: birlamchi: ilk koitus (jinsiy aloqa)dan e’tiboran mavjud formasi; ikkilamchi: avvallari normal bo‘lib keyin paydo bo‘lgan formasi. Yana boshqa bir klinik tasnif organik va psixologikdir. Organik sabablarga orqa miya jarohatlari, tarqoq skleroz, opiat (narkotiklar)dan so‘ng holatlar kiradi. Qo‘rquv, er-xotin orasidagi janjal, yoshlikdan noto‘g‘ri jinsiy tarbiya va ma’lumotlari, oila ichki muammolari, yangi jinsiy hamrohlar va boshqalari psixopatologik faktorlardir.

Report Page