info

info


O‘zbekistondagi 128 nafar pokistonlik Pokiston xalqaro aviakompaniyasi (PIA)ning maxsus parvozi bilan 6-aprel, dushanba kuni vataniga qaytarildi. Bu haqda Pokistonning AAJTV nashri xabar bermoqda.


Foto: Flickr

Qayd etilishicha, xuddi shu reys orqali 22 nafar O‘zbekiston fuqarosi Pokistondan qaytarilgan.

O‘zbekistondan olib ketilgan pokistonliklar orasida mamlakatga qisqa muddatli vizalar bilan kelgan va COVID-19 avj olganidan keyin xalqaro reyslarning to‘xtatilishi sababli Pokistonga qaytib kela olmagan sayyohlar ham bor.

Pokistonning Toshkentdagi elchixonasi o‘z fuqarolarining O‘zbekistonda bo‘lish bilan bog‘liq barcha zarur shart-sharoitlarni yaratib bergani ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus sabab xalqaro yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish 20-martdan boshlab 40 kun muddatga to‘xtatilgandi.


Report Page