Ilon

Ilon

🌐OLTIARIQ_TV

Mask Tailandda o‘smirlarni g‘ordan qutqarish usulini taklif qildi.

@oltiariq_tv


SpaceX va Tesla kompaniyalari rahbari, tadbirkor Ilon Mask Tailanddagi g‘orda qamalib qolgan o‘smirlarni havo tunneli yordamida qutqarish variantini taklif qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“Balki urinib ko‘rish kerakdir: g‘orlar tizimi orqali bir metr diametrli neylon quvur (yoki murakkab qismlarda yanada torroq quvurchalar) o‘tkazish va ularni havo bilan to‘ldirish kerak. Suv ostida g‘or shifti ostida havo tunnelini yaratish va uni nostandart hududlarga avtomatik moslashtirish kerak, xuddi 70 santimetr kenglikdagi teshik kabi”, — deb yozdi Mask Twitter’dagi sahifasida.

Avvalroq Mask vakillari Tailand hukumatiga g‘orga qamalib qolgan o‘smirlarni qutqarishda yordam taklif qilgan edi. Ularning so‘zlariga qaraganda, qutqaruv operatsiyasida Space Exploration Technologies kompaniyasi navigatsiya qurilmasi, Boring Co. kompaniyasining suvni haydash texnologiyasi yoki Tesla Powerwalls quvvat akkumulyatorlaridan foydalanish mumkin. Tailand biznesmenning taklifini qabul qilish-qilmasligi hozircha noma’lum.


Report Page