IELTS

IELTS

Сохиб Олимжонов
International English Language Testing System

Ikki yil oldin xuddi shu paytda ya`ni 2018-yil iyul oyida IELTS olish uchun tayyorlanib yurar edim. O`sha paytda havo juda issiq, kvartiradan Chilonzorga borganimcha yo`lda "yonib" ketar edim. Chunki o`quv markazim Chilonzorda edi. IELTS dan imtihonim 28-iyulga belgilangan, Speaking im esa 21-iyulda bo`lib o`tgandi. Rostini aytsam, o`sha oyda IELTS dan practise qilish ham yoqmay qolgan edi. Tezroq imtihonim bo`lsa-yu, hammasi tugasa. Sababi oddiy: yozda hamma dam olib yuribdi, men esa tayyorlanib.

Xullas, imtihonim 28-iyulda bo`lib o`tdi, 13 kundan keyin javoblar chiqdi:

Speaking dan qiyin topic tushgan)

Overall band 6.5 edi, natijamdan xursand edim, chunki IELTS olishdan asosiy maqsadim TDYUdagi ingliz tili modulidan ozod bo`lish edi, chunki bizning universitetda 6.5 olgan talaba ingliz tili faniga kirmasa ham bo`ladi. Qolaversa, bu mening birinchi urinishim — first attempt edi.

IELTS uchun tayyorgarlikni 2018-yil mart oyidan boshlganman, lekin o`sha paytgacha mening darajam upper-intermediate edi, bu darajaga Buxoro viloyati Qorako`l tumani 3-sonli akademik litseyda tayyorlanib erishganman.

Xullas vaqtlar o`tdi, IELTS olganimga 2 yil ham bo`ldi, yaqin kunlarda yuqoridagi sertifikatni muddati tugaydi, buni yangilash uchun yana tayyorgarlikni boshlab yubordim. Anchagina narsalar yodimdan ko`tarilibdi. Sentabr yoki Oktabr oyida qayta topshirmoqchiman. Aytmoqchi bo`lganlarim shu edi.

Fikrim yakunida IELTS tayyorlanmoqchi/tayyorlanayotganlarga maslahatim(6.5 olgan odamdan qanaqa maslahat ham chiqar edi))

Speaking:

1) Sodda gapiring, sinonimlarni yodlang, sizga tushunarsiz bo`lgan so`zlar, academic words dan foydalanmang;

2) Body language dan foydalaning, eye-contact ni ushlang

3) Iloji boricha to`qimang, oxiri yaxshilikka olib kelmaydi (boshdan o`tgan))

Writing:

1) Turli xil gap qurilishlaridan foydalaning, faqat Subject+Verb+Secondary Sentences bo`lmasin, bu examiner ni zeriktiradi;

2) Brainstorming qilmasdan yozishni boshlamang, miyada plan qilish juda muhim. O`zi nafaqat writing da, balki hamma sohada rejali ish qilish kerak. Shu joyda bitta citation: "An idiot with a plan can beat a genius without a plan" — Warren Buffet;

3) Academic words, phrasal verbs, collocations dan foydalaning, kamida 8-10 ta.

Reading:

1) Har doim savoldan boshlang, keyin text ga qarang, shoshma-shosharlik qilmang, 1-passagedan doim 13/13 ta topishga odatlaning, 1-passage eng osoni;

2) Matching headings, multiple choices larni passage mashqlarining oxirida bajaring, chunki boshqa turdagi mashqlarni bajarish orqali siz passage haqida ko`proq ma`lumotga ega bo`lasiz va ularni tezda topasiz;

3) Filling gaps mashqida nima qidirayotganingizni yaxshi bilib oling, noun mi, adjective mi yoki boshqasimi. Shunda kerakli so`zni tez topasiz.

Listening:

1) Listening da har doim yozilgan so`zlarning sinonimi ishlatiladi, qog`ozda yozilgan so`zni kelishini umuman kutmang;

2) Monolog, dialoglarni oxirigacha eshiting, ular bir narsa deydi-da, darrov fikridan qaytishi va boshqa narsa deyishi mumkin;

3) Filling gaps da tahminan qanday so`z bo`lishini, qaysi so`z turkumiga tegishli bo`lishini tahmin qilib qo`ying, buning foydasi juda katta.

Bye!


Report Page