iOS 15 va iPadOS 15 haqida ma’lumotlar tarqaldi

iOS 15 va iPadOS 15 haqida ma’lumotlar tarqaldi

ios 15


Bundan tashqari, foydalanuvchi holatiga qarab, xabarlarga avtomatik javob berish funksiyasi ham qo‘shiladi. Bu avtomatik javob berish funksiyasini yanada takomillashtiradi va faqatgina foydalanuvchi mashina boshqaryotgan vaqt ishlaydi.

WhatsApp bilan raqobatlashish uchun Apple iMessage messenjeriga o‘zgartirishlar kiritmoqda. Biroq kompaniya bu haqida batafsil ma’lumot bermagan hamda iMessage'dagi o‘zgarishlar iOS 15 tizimida bo‘lish yoki bo‘lmasligi ham noma’lum.

iPadOS 15 haqida so‘z borar ekan, yangi tizim o‘tgan yilgi iOS 14 kabi vidjetlarni bosh ekranga qo‘shish amallarini qo‘llab-quvvatlaydi. Endi iPhone'lar kabi iPad'da ham vidjetlarni bosh ekranning istalgan yeriga qo‘yish yoki barcha ilovalar tarmog‘ini faqat vidjetlar bilan almashtirish mumkin bo‘ladi.

Va nihoyat, iOS 15 hamda iPadOS 15 yangi maxfiylik himoyasiga ega bo‘ladi. Yangilangan maxfiylik himoyasida yangi menyu bo‘lib, ushbu menyu qaysi dastur foydalanuvchini ogohlantirmasdan ma’lumot yig‘ib borayotganini ko‘rsatib boradi.

O‘QING: iPhone 13 ekrani kemtigini «jonli» suratlarda iPhone 12’niki bilan solishtirib ko‘ramiz

Samsung ikkita yangi smartfonni taqdim etadi


Samsung ikkita yangi smartfonni taqdim etadi

Uchta Galaxy A smartfoni Android 12 tizimiga o‘tmoqda




Report Page