https://telegra.ph/

https://telegra.ph/

11 oktyabr — Xalqaro qizlar kuni

Buxoro shahar “Ahmad Donish” maxalla fuqarolar yig’ini  hududidagi Prezident maktabi hamda Buxoro shahar 2 chi Ixtisoslashtirilgan maktab internati bilan hamkorlikda 11-oktyabr xalqaro qizlar kuniga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi.

      Qatnashdilar: Buxoro shahar hokimi o’rinbosari Oila va xotin-qizlar bo’limi boshlig’i M.B.Umarova, 29-IDUM direktori “Oqila ayollar” harakati a’zosi G.Ravshanva,  Buxoro shahar IIO FMB HPB XQMB inspektori mayor M.Yakubova,  Ahmad Donish MFY xotin-qizlar faoli S.J.Jamilova, Prezident maktabi o’qituvchilar va o’quvchi qizlari. Yig’ilishni Prezident maktabi xotin-qizlar masalalari bo’yicha ma’sul xodim

Q.A.Boltaeva  kirish so’zi bilan ochib, Buxoro shahar hokimi o’rinbosari Oila va xotin-qizlar bo’limi boshlig’i M.B.Umarova so‘zni berdilar.

Buxoro shahar hokimi o’rinbosari Oila va xotin-qizlar bo’limi boshlig’i M.B.Umarova so‘zga chiqib, maktab qizlarini 11-oktabr Xalqaro Qizlar kuni munosabati bilan qutlab, bu sana har yili jahon bo'ylab turli davlatlarda qizlarning kamsitilishi, ularning ijtimoiy muammolariga e'tibor qaratish maqsadida nishonlanib kelinmoqda. Bu muammolarga majburiy nikoh, ularning ta'lim va sog'liqni saqlash xizmatlaridan foydalanishlarini ta'minlash kabi holatlar kiradi. BMTga a'zo davlatlar, xalqaro tashkilotlar, fuqarolik jamiyatining turli tuzilmalariga ushbu kunni keng miqyosda nishonlash, shuningdek, butun dunyoda qizlarning hayot tarzi, yashash sharoitlari, huquq va erkinliklari bilan bog'liq holatlarni o'rganish tavsiya etiladi. BMT ma'lumotlariga ko'ra, dunyoda 15–19 yosh oralig'idagi har to'rt nafar qizdan biri ishlash, o'qish va kasbiy tayyorgarlik imkoniyatiga ega emas. Biroq butun dunyo bo'ylab gender tengsizligi buni ro’yobga chiqarish uchun qizlar oldida to’siqlar yaratadi. Shuning uchun qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish va ularning huquqlarini amalga oshirishga ko'maklashish maqsadida butun dunyo hamjamiyati 11-oktabrni Xalqaro Qizlar kuni sifatida nishonlaydi.

Kundalik ijtimoiy hayotimizga yanada qulay imkoniyatlarni yaratayotganligi bilan birgalikda hayotimizda sodir etilayotgan firibgarlik jinoyati ayniqsa kiber jinoyatlarning salbiy oqibatlari to‘g‘risida qisqacha gapirib o‘tib, to‘liq ma’lumot uchun IIB xodimi mayor M.YAkubovaga so‘zni berdilar.

Buxoro shahar IIO FMB XQMB inspektori mayor M.Yakubova so‘zga chiqib,  Biroq ana shu afzalliklar bilan bir qatorda, ayrim salbiy holatlar ham yuzaga kelmoqda. Ma’lumki, o‘g‘rilik axloqiy qoidalarga zid bo‘lgan salbiy xususiyatdir.   

Ba’zan qandaydir bankning o‘marilgani, do‘konni tunaganlari kabi qabix hodisalar haqida eshitib qolamiz. Haqiqatdan ham o‘g‘rilik jamiyatga katta ziyon keltiradigan yomon illatdir. Hayotda shunday o‘g‘rilik holatlari ham borki, u odatiy o‘g‘rilikdan butunlay farq qiladi. Uni juda aqlli, chaqqon kimsalar amalga oshiradi, shu bilan birga, ular juda ham ayyor bo‘ladilar. Bunday o‘g‘rilarning o‘zlarini ham, bosgan izlarini ham aniqlash oddiy o‘g‘rilarni aniqlashdan ko‘ra 10-20 barobar qiyindir.

 O‘tgan asr 70-yillarining boshlari, 80-yillarining oxirlaridagi davrlar kiber o‘g‘rilar uchun eng qulay yillar bo‘lib hisoblangan. Chunki aynan shu davrlarda kompyuter operatsion tizimlari qaytadan ishlab chiqarilayotgan edi, ya’ni operatsion tizimlarning juda ko‘p zaiflik tomonlari borligi kiber o‘g‘rilarning muvaffaqiyatini ta’minlagan. O‘sha paytlar xakerlar hozirgi davrga qaraganda, juda mustaqil bo‘lganlar. Korxonalar xakerlar kirishlarini bilib turib, tarmoqqa ulanganlar. U vaqtlarda bir professional dasturchi amalga oshira oladigan xavfsizlik tizimini ikkinchi dasturchi buzishi juda oson bo‘lgan. Xakerlar qanday kimsalar? Ma’lumki, har qanday soha bo‘yicha kuchli bilimga ega mutaxassis bo‘lib etishish bilan inson yaxshi xususiyatga ega bo‘lib qolmaydi, xalqimizda olim bo‘lsang, olam seniki — degan naql bor, biroq o‘z bilimlarini insoniyat taraqqiyotiga sarflamay, balki manfaatlari yo‘lida salbiy yo‘llarni izlaydiganlar haqida olim bo‘lma, odam bo‘l — degan hikmatli so‘zlar ham mavjud. Odatda, xakerlar juda kuchli bilimli mutaxassislardir. Har qanday «xaker» sohaga oid bilim, malakalarga ega bo‘lishi kerak. Biroq bu kimsalar mazkur bilimlaridan o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchungina foydalanadilar, aslida ulardan ma’lumotlar almashish, ularni to‘plash, ma’lumotlardan jamiyat manfaatlari yo‘lida foydalanish maqsadini ko‘zlaganlarida edi, biror sohada mashhur mutaxassis, el-yurt oldida e’tiborga loyiq insonlar bo‘lish baxtiga erishgan bo‘lardilar. Afsuski, butun jahon miqyosida axborot texnologiyalari rivojlanlanishi bilan proffesional xakerlar soni ham ortib bormoqda.

Kompyuter olamidagi 80 foiz foydalanuvchilar xakerlarni — jinoyatchilar deb hisoblaydilar. Menimcha, xakerlarni o‘z bilim va salohiyatlarini qay yo‘lda sarf etayotganlariga ko‘ra ikkiga: yaxshi va yomonga ajratish mumkin.

Ikkala xakerlar (kiber o‘g‘rilar) ham bitta nishon ustida ishlaydilar, ya’ni biror-bir dasturiy ta’minotning zaif tomonini topish bilan shug‘ullanadilar. Lekin yaxshi xakerlar hech qachon qasddan yoki bilgan holda saytlarni va har xil server kompyuterlarni buzmaydilar, ya’ni ular har doim hamma ixtirolar va yangi yaratilgan dasturiy ta’minotlarning xatoliklarini topishga harakat qiladilar. Bu bilan kompyuter dasturiy va texnik kamchiliklarini bartaraf etib, axborot kommunikatsiya texnologiyalari rivojiga o‘z hissalarini qo‘shadilar. Bundan tashqari, topilgan zaifliklarni o‘sha dasturiy ta’minot administratorlari va foydalanuvchilarga yetkazib, uni bartaraf etishda ishtirok etadilar. Bu ish orqali o‘z bilimlari doirasini kengaytirish va haqiqatdan ham proffessional kompyuter mutaxassisi ekanliklarini isbotlashni maqsad qilib olganlar. Ularni odatda, kompyuter sanitarlari deb ataydilar. Yomon xakerlarni esa bemalol kiber o‘g‘rilar deb atash mumkin. Sababi ular har doim qilgan ishlarida noqonuniy harakatga aralashgan bo‘ladilar. Masalan, biror-bir dasturga noqonuniy litsenziya kodi ishlab chiqaruvchi dastur, maxfiy serverlardan har-xil hujjatlarni o‘marish va shunga o‘xshash noqonuniy xatti-harakatlarni yuzaga keltiradir. Ko‘p hollarda, ularni «Crackerlar« deb atash mumkin deya so'zini yakunladi.

Tadbirimiz juda xam ajoyib tarzda yani savol javob, turli xil raqslar hamda rahbar va o'quvchi qizlar o'rtasida erkinlik tarzda suhbat olib borildi. Suhbat davomida o'quvchi qizlarimiz tomonidan shunga o'xshash tadbirlarimiz ko'proq bo'lishini, ayniqsa o'z bilimlarini sinash maqsadida "Zakovat" intelektuel o'yinlarini boshqa maktab o'quvchilari bilan birga bellashishmoqchi ekanliklarini bildirishdi.

“Ahmad Donish” MFY xotin-qizlar faoli: S.J.Jamilova



Report Page