"https://telegra.ph/

"https://telegra.ph/


Men Dan Brownning "Raqamli qal'a" va "Davinchi siri" asarlarini o'qiganimda, rosti shu asarlar ichida yashaganman...

Raqamli qal'ani bir tunda tugatib, yana o'qib o'tirganim yodimda... Chunki shunga arzirdi... Chunki, o'lim barcha sirlarga oydinlik kiritadi (asardan)...

Da Vinchi siri ham birgina olma🍎ni ortidan meni 2 hafta sarson qilib, yugurtirdi... xatto yugurganda yeqilib, qo'limni qonatganman 🥺(rostan 🙄)


"Ibtido"chi?!

Bir qultim suvday emas, chunki 1haftada ichildi ( 700 sahifa, haqiqatan bir qultim emas🤦🏻‍♀️). Men Dan Browndan boshqa narsa kutgan ekanman, yoki bu asar bilan tilimiz kelishmay qoldimi, bilmayman. Har xolda, nihoyadan so'ng ham savollar talaygina... va... bu savollarga javoblarni iymoni mustahkam bo'lmagan insonlar boshqa yerdan izlashga tushishadi...

#Ibtido

Ateist va bashoratchi Edmond Krish o'zining "olamshumul" kashfiyotini dunyoga taqdim etish orqali dunyo dinlarini yo'qqa chiqarib, texnikalar bilan birga barpo etiladigan yangi din yaratish niyatida ilmiy ishlar qiladi... Bular faqat kelajak uchun emas, onasining o'limi uchun qasos uchun EDI... Kelajak ikkinchi o'rinda😑. U buning uchun superkompyuter "Uiston"ni yaratadi va kompyuter bilan birga izlanish olib boradi...

Va nihoyat... U topdi... U kashfiyot haqida taqdimot tayyorladi... va dunyo dinlarining 3ustuni nomi bilan mashhur 3ta din peshvolariga ko'rsatdi...RAD ETILDI...ammo Edmond Krish to'xtaydimi, albatta... yo'q😏 lekin "to'xtatishadi" (o'sha payt men ham yeg'ladim, afsuslanyapman endi 🤐). Uning o'limiga achingan ustozi Robert Lengdon va yaqin do'sti Ambra Edmondning kashfiyotini dunyo ko'rishi uchun bor kuchlari bilan harakat qilishadi, bunda Uiston ham ularga yordam beradi va taqdimot dunyo yuzini ko'radi... (Asarni shu joyida kelganda yuragim to'xtaydi, deb o'ylabman🥺💔) Taqdimot ateist va diniy ilmi past insonlarni yo'ldan ozdirishi bor gap, xatto Ambra ham ikkilangani yoziladi asarda... Shunda Robert Lengdon: "Barcha narsalar odamzot tomonidan fizika fani yordamida yaralgan deylik, ammo o'sha birinchi odamni ham YARATUVCHIsi bo'lganku..." Alhamdulillah va nihoyat asardan o'zim uchun qahramon topdim... ROBERT LENGDON👨‍💼

Balki asarni tushunish uchun meni qarashlarim kamdir, buning uchun "Ibtido" ixlosmandlaridan uzur so'rayman...😊

Ha aytgancha, asarni o'qiganlar sizningcha asardani дама козир Uiston emasmi🧐

Iqtiboslar

• Ilm-fan va din bir-biriga raqib emas. Ular shunchaki bir hikoyani so'zlayotgan ikki tilga o'xshaydi. Dunyoda ikkisi uchun ham joy yetadi.

• Qo'yib yubor va unut!

• Har doim ham tong otishidan avval qorong'ilik bo'lmaydi. Ba'zan umuman tong otmaydi.

• Hech narsa kashf qilinmagan,

hammasi eng boshidanoq tabiatda mavjud bo'lgan. Asliyat- ibtidoga qaytishdan iboratdir. ANTONI GAUDI

• Ba'zan chin haqiqat eng qiziq yolg'ondan ham qiziq bo'ladi.

• Sevgi- har kimning shaxsiy ishi. Uning tafsilotlaridan butun olam voqif bo'lishi shart emas❣️

Report Page