https://telegra.ph/

https://telegra.ph/



Ustozlik maqomi - ulugʻ sharaf

Dunyo dunyo bo'lib yaralibdiki, inson bolasi hamisha nimagadir intiladi, nimagadir izlanadi. Uning ana shu harakatlarida albatta bir yo'l boshlovchiga ehtiyoj bor. Bu shubhasiz, ustozdir. Muallim ta'lim dargohiga qadam qo'yar ekan. Undan ilm talab bo'lgan har bir o'quvchiga chin dildan o'zida bor bilimni bergisi keladi, evaziga hech qanday ta'masiz farzandi qadar aziz shogirdlarining kelajagi va yorugʻ hayoti uchun o'zini daxldor sanaydi.

Alloh har bir bandasiga uch aziz boylik ato etgan. Biri sogʻlik, biri rizq, yana biri ilmdir. Ato etilgan ilmni oʻzgalarga ulashmoq ulugʻ saodatdir. Shuni qalban anglagan ustozlardan biri Buxoro viloyati Romitan tumanidagi 13-maktabda ona tili va adabiyot fanlaridan saboq berib kelayotgan yosh muallima Yoqubova Lobardir.

Oʻz iqtidori va ilmiy-pedagogik salohiyati bilan koʻplarga oʻrnak boʻla oladigan ustoz anchagina yutuqlarga erishib, respublika matbuot nashrlari bilan faol hamkorlik qilib kelmoqda. Uning "Maʼrifat" gazetasida bir necha maqolalari va turli mavzulardagi fikrlari chop etildi.

Ayniqsa, ilmiy izlanishlar olib borayotgani agnonim soʻzlar xususidagi tadqiqotlarning "Til va adabiyot taʼlimi" jurnal tahririyati tomonidan qoʻllab-quvvatlangani muallimani ilhomlantirdi. "Eng yaxshi filolog- muallim" tanlovida ragʻbatlantiruvchi oʻrin sohibasi boʻldi.

Ilmiy izlanishlar va pedagogik faoliyatidan tashqari ustoz L. Yoqubova yaxshigina ijodkorlik qobiliyatini ham namoyon etib kelmoqda. Ommaviy nashrlarda oʻndan ortiq hikoyalari chop etilgan.

Mumtoz adabiyot namunalarini kelajak avlodlarga yetkazish, ularning buyuk ajdodlarimiz qoldirgan boy madaniy merosini oʻrganish borasida ham amaliy jihatdan foydali boʻlishi mumkinligini umid qilib, ayni kunlarda mumtoz asarlar lugʻatining android tizimini yaratish ustida ish olib bormoqda.

Oliy malaka toifasiga ega boʻlgan jonkuyar muallima oʻquvchilarning kitobxonlik madaniyatini oshirish boʻyicha amaliy ishlari bilan ham havas qilsa arzigulik tajribaga ega. Har oyning soʻnggi juma kuni maktabda kitob kuni boʻlishini anʼanaga aylantirmoqda Hatto bu harakatlarni respublika miqyosida keng targʻib etish niyatida.

Bor iqtidorini, ilmini xalq farzandlari ma'rifati uchun sarf etish yo'lida mustahkam qadam tashlayotgan o'qituvchiga o'z sohasini rivojlantirish yo'lidagi mehnati va harakatlariga quvvat tilaymiz. Umid qilamizki, respublika miqyosida o'z qobiliyati o'laroq borligini ko'rsata olgan ustoz dunyo ta'lim sohasida ham o'z ovozi va bo'yini ko'rsata oladi.

 

Buxoro viloyati xalq ta'limi boshqarmasi metodisti Lobar Ikromova

        

Report Page