https://telegra.ph/

https://telegra.ph/

1. Abdulla Qahhorning shaxsiy ko‘zoynagi bo‘lmaganida, u hech qachon Qahhor 

bo‘lmasdi.

Omon Muxtorov

2. Agar qaysi til bilan so'zlaysan, deb so'rasalar, sidq-u sadoqat tili bilan, deb aytgil. “Qobusnoma”

3. Aql pinhon hamda zohir olam u Jaloliddin Rumiy

4. Aqlli qariya — oqib turgan daryo. Qozoq maqoli

5. Aqlli xalqqa intilsa, nodon o‘z qarindosh-urug‘lariga intiladi. Qirg‘iz maqoli

6. Baxt kulgu bor uyga kiradi. Yapon maqoli

7. Baxt odamni emas, odam baxtni vujudga keltiradi. Polyak maqoli

8. Bilim qaytarish va takrorlash mevasidir. Abu Rayhon Beruniy

9. Bilim, ma’rifat, albatta, yaxshi axloq bilan bezatilmog‘i lozim. Abu Nasr Forobiy

10. Bilimga eltuvchi yagona yo‘l bu faoliyatdir Bernard Shou

11. Bilimli kishi kerakli so‘zni so‘zlaydi, keraksiz so‘zni ko‘mib tashlaydi. Ahmad Yugnakiy

12. Bir g‘aribning ko‘nglini shod aylasang, 

Yo‘l bosib Ka’ba sari bormoq abas. 

Huvaydo

13. Bir kunlik adolat — yuz kunlik toat-ibodatdan afzal. Amur Temur

14. Birgalashib ovqatlansang — lazzatlanasan, birgalashib ishlasang — xursand 

bo‘lasan.

Adigey maqoli

15. Bizni ona yanglig‘ oq yuvib, oq taragan Vatanni sevmoq bu muqaddas burchdir. M. A. Sholoxov

16. Bobolardan bizga meros ezgu til, Avlodlarga xazinayi bebaho. Mirtemir

17. Bor so'zni so'z sanab tebranmasin til, ko'rib, o'ylab so'zla, keragini bil. So‘fi Olloyor

18. Do‘stlik shishaga monand, sinsa — ulay olmaysan. Rus maqoli

19. Dono olg‘a boraturib, orqaga qarab qo‘yadi. Pushtun maqoli

20. Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmag‘ay. Imom al-Buxoriy

21. Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur, zamona ilmi va fanidan 

bebahra millat boshqalarga paymol bo‘lur.

Mahmudxo‘ja Behbudiy

22. Eng yaxshi nizom to‘g‘rilikdir. Kaykovus

23. Faqat bir ezgulik bor — bilim va faqat bir yomonlik bor — jaholat. Suqrot

24. G‘aflatda yotgan xalqni uyg‘otish uchun uning tarixini targ‘ibot etish zarur. Avgustin

25. Haqiqat daraxtini toshga o‘tqazganda ham qurimas. Gruzin maqoli

26. Har bir hurigan itni quva bersang, manzilga qachon yetasan? Shayx Sa’diy

27. Har bir kishining so‘zi — o‘z fazilatlarining dalili va aqlining tarjimonidir. Xoja Ahmad

28. Har bir millatning dunyoda borlig'in ko'rsatadurg'on oyinayi hayoti til va adabiyotdir. 

Milliy tilni yo'qotmak millatning ruhini yo'qotmakdir.

A. Avloniy

29. Har bir odamning noaniq so'zini eshitmagil, ehtiyot bo'lgilki, avvalgi so'zingni keyingi 

so'zing buzib yubormasin.

“Qobusnoma”

30. Har so'zda har birovga shirin nuqati bor, Bol tomdi og'zidinki, tilida naboti bor. Ogahiy

31. Hargiz talabi shuhrat etmakim: ofat turur. Abduxoliq G‘ijduvoniy

32. Hasadchi o‘z hasadi ta’siridan bir kun o‘zi halokat chuquriga yiqiladi. Husayn Voiz Koshifiy

33. Hatto eng baland tog‘ ham quyoshni to‘solmas. Xitoy maqoli

34. Himmat hamma narsadan yuqori turadi. Adl binosi hech vaqt vayron bo‘lmaydi. Suqrot

35. Ilm — dunyoning izzati, oxiratning sharofatidir, Ilm inson uchun g‘oyat oliy va 

muqaddas fazilatdur

Abdulla Avloniy

36. Ilm qog‘ozga chizish va yozish bilan emas, balki uqmoq va o‘qimoq bilandir. Zamaxshariy

37. Ilmdan yaxshiroq xazina bo‘lmas, Qo‘lingdan kelgancha tera olsang bas. Rudakiy

38. Ilmsiz inson — mevasiz daraxt. Mevali daraxtga tosh otadilar. Obro‘li, izzattalab 

bo‘lishni istasang ilm o‘rgan. Bilimsiz kishilarning ko‘ngli xurofotga moyil bo‘ladi.

Abu Rayhon Beruniy

39. Inson — butun bir olam, faqat unda asosiy tuyg‘u oliyjanoblik bo‘lsa bas. F. M. Dostoyevskiy

40. Insonning odob-axloqini belgilaydigan omillardan biri uning so'zi, nutqidir. A. Navoiy

41. Insonning qiymati emas siym-u zar, Insonning qiymati ilm ham hunar. Abdulqodir Bedil

42. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi 

bilan singadi. Ona tili bu millatning ruhidir.

I. A. Karimov

43. Juda boy, chiroyli tilimiz bor. Bu tilda ifoda etib bo‘lmaydigan fikr, tuyg‘u yo‘q! A.Qahhor

44. Kamolotga intilmagan xalq xalq emas. Xalqni aldab bo‘lmaydi. Xalq hamma narsani 

biladi. Millatni sevmoqlik — baxt, kurashib yashamoq — saodat.

Azim Suyun

45. Ki har neni bilmish odamizod, tafakkur birla qilmish odamizod. A.Navoiy

46. Kim ravshan fikrlasa, u ravshan bayon etadi. N. Bualo

47. Kimki o‘rganishni or bildi,

Har qadamda o‘zni xor bildi. 

M. Ismoiliy

48. Kimki o‘rganishni uyat, or demas, Suvdan dur topadi, toshdan la’l, olmos. Nizomiy Ganjaviy

49. Kimki qisqa so'zda deydi ko'p ma'no, Ravonlik bobida ul kishi a'lo. Abu Shukur Balxiy



Report Page