HTML

HTML

Abdullayev Ruslan

Ko`pchilik web-dasturlashni o`rganishni xohlashadi, lekin nimadan boshlashni bilishmaydi. Ushbu maqola esa, dastlabki tushunchalar haqida ma'lumot berib, siz o`zingiz web-dasturlashning asoslarini o`rganishingizga yordam beradi.

HTML - HyperText Markup Language. Bu dasturlash tili emas, bu qoidalarga asoslangan til.

Oddiy qilib tushuntirsam.

Tasavvur qilaylik, siz birorta nashriyotda ishlaysiz. Siz chop qilib chiqaradigan dastur quyidagi 2 ta shartlar asosida ishlaydi.

  • Agar matn boshida "|" belgisi kelsa, demak bu sarlavha.
  • Agar "@"text"@" ko`rinishida kelsa, demak bu ajratib yozilgan (quyiq, jirny) matn.

Sarlavha

Oddiy matn ichida quyuq matin kelishi xolati.

Shu ko`irnishidagi matnni chop qilmoqchi bo`lsangiz, siz dasturga quyidagi tekstni kiritishingiz lozim bo`ladi.

|Sarlavha

Oddiy matn ichida @quyuq@ matin kelishi xolati.

Ko`rib turganingizdek, bu dasturning qoidalarga asoslangan matnni chop qilish tilidir.

HTML ham xuddi shunaqa til bo`lib, bunda oddiy belgilar emas TEG tushunchasi ishlatiladi. Teglar <teg> katta, kichik belgilar ichida keladi. Misol uchun yuqoridagi matn HTML tilida quyidagicha bo`ladi.

<h1>Sarlavha</h1>

<p>Oddiy matn ichida <strong>quyuq</strong> matin kelishi xolati.</p>

Test

Ko`rib turganingizdek teglar ochida va yopiladi. Ochilguncha <teg> ko'rinishida, yopilguncha esa </teg> ko`rinishida bo`ladi.

Bulardan tashqari bitta, yopilmaydigan teglar ham ishlatiladi. Misol uchun, <img/>, <br/>.

HTML ni inson tushinadigan holatga o`tkazib ko`rsatadigan (bizning misolda, chop qiladigan qurilma) bu BROWSER hisoblanadi. Ya'ni web brovzerlar HTML tilini tushinib, teglarga asoslangan holda chiroyli ko`rinishga olib kelib ko`rsatadi.

Agar siz Chrome web-brovzerini ishlatsangiz, sichqonchani o`ng tugmasini bosib "View Page Code" qilsangiz, barcha HTML kodlarini ko`ra olasiz.

Qo`shimcha qilib, http://htmlfiddle.net/ ga o`tib har xil teglarni yozib, tayyor editorlarida foydalanib qaysi teg nima qilishini o`rgansangiz bo`ladi. Teglar haqida ma'lumot kerak bo`lsa http://htmlbook.ru/ ga o`tsangiz bo`ladi.

O`ylashimcha bugunga yetarli.

Report Page